David Alaba: "Bavariya" g'alabalarga tashna"
06 mar 2015 00:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/164451_original.jpg)
![](/upload/storage/164451_220.jpg)
David Alaba: "Bavariya" g'alabalarga tashna"
"Bavariya" himoyachisi David Alaba Germaniya Kubogi doirasidagi "Ayntraxt B" jamoasi bilan o'yinda uchrashuvdagi dastlabki golni kiritdi.
"Braunshveyglik futbolchilar juda yaxshi o'ynashdi. Himoyada ham ancha zich va tartibli harakat qilishdi. Ularga qarshi o'yin biz uchun qiyin kechdi. Maydonda ustunlikka erishgan bo'lsakda, ularni himoyasini yorib o'tishda muammolarga duch keldik. Lekin biz o'zimiz ko'zlagan maqsadga erishdik. Bu "Bavariya"ni naqadar g'alabalarga tashna jamoa ekanligini bildiradi", - deydi David Alaba.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar