So’nggi yangiliklar

10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  1 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  10 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  10 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  7 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  19 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  2 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  4 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  2 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  17

Darko Markovich: “Doim “Paxtakor”ni shirin xotiralar bilan eslab turaman” Yangiliklar

Darko Markovich: “Doim “Paxtakor”ni shirin xotiralar bilan eslab turaman”

Toshkentning “Paxtakor” klubi 2008 yili o'z tarkibiga CHernogoriyaning “Zeta” jamoasidan Darko Markovichni sotib olgandi.

SHundan so'ng Darko “sherlar” tarkibida 3 yil faoliyat yuritdi. Markovichning “Paxtakor” klubi bilan tuzgan o'zaro shartnomasi 2011 yilda o'z nixoyasiga etadi va “Paxtakor” klubidan CHernogoriyaning “Dechich” jamoasiga ko'chib o'tdi. Biz “Paxtakor” klubining sobiq futbolchisi Darko Markovich bilan bog'lanib “Paxtakor” tarkibidagi va hozirgi faoliyati haqida suhbatlashdik.

-   Salom Darko.
-   Salom.

-   Darko, sobiq jamoangiz “Paxtakor”ning qayd etayotgan natijalarini kuzatib turibsizmi?
-   Yo'q. U darajada ko'p malumotga ega emasman.

-   “Paxtakor” jamoasidagi o'yinlaringizni eslay olasizmi?
-   “Paxtakor” ayni damda avvalgi darajasida emasligini bilaman. Men o'ynagan paytda “Paxtakor” hozirgiga qaraganda juda ham kuchli edi. SHirin xotiralarni har doim eslab yuraman. OCHL bahslarida ham bir qator uchrashuvlarni o'tkazganman.


-   CHempionatda salbiy natija qayd etgani bosi keyingi yili “Paxtakor” OCHL bahslarida ishtirok eta olmaydi. Bundan xabaringiz bormi?
-   Ushbu xabarni sizdan eshityapman. Bunday natija “Paxtakor”ning darajasiga mos kelmaydi. “Paxtakor” har doim chempionlik uchun kurashadigan jamoa bo'lgan. O'zbekiston chempionati yoki Osiyo chempionlar ligasi bo'ladimi farqi yo'q. “Paxtakor” har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Lekin sobiq jamoamning bunday natija qayd etishi yaxshi emas. Men oilam bilan O'zbekistonni va “Paxtakor”ni shirin xotiralar bilan eslab turamiz.

-    “Paxtakor” tarkibida o'tkazgan ilk o'yiningizni eslay olasizmi?
-   Albatta, ilk o'yinimni O'zbekiston chempionati doirasida “Neftchi”ga qarshi o'tkazganman. O'shanda biz 2:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. Gollarga Aleksandr Geynrix va men mualliflik qilganmiz.

-   Ayni damda O'zbekiston chempionatida qaysi jamoani kuchli deb baholaysiz?
-   Hozir Toshkentning “Lokomotiv” klubi juda ham kuchli. Mirko Yelichich jamoaga murabbiy bo'lganini eshitib xursand bo'lgandim.

-   Mirko Yelichich haqida nima deya olasiz?
-   Yelichichni inson sifatida ham murabbiy sifatida ham qattiq hurmat qilaman. “Paxtakor” tarkibida faoliyat yuritgan paytlarimda Yelichich menga o'z maslahatlarini berardi. Bu borada o'z yordamini mendan ayamagan.


-   Sizga O'zbekiston klublaridan takliflar bo'lsa qanday qaror qabul qilasiz?
-   Agarda  yaxshiroq variant bo'lsa gaplashib ko'raman. Hozir men Fk "Jeleznichar" jamoasi futbolchisiman. Bosniyada jamoa juda ham kuchli, xuddi “Paxtakor” klubiga o'xshab. Darajasi “Paxtakor” bilan deyarli bir xil.

-   Agarda “Paxtakor”, “Bunyodkor” yoki bo'lmasam “Lokomotiv” klublaridan taklif bo'lsa qaysi birini tanlagan bo'lardingiz?
-   Albatta, “Paxtakor”ni. Lekin “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv”dan taklif bo'lsa ularni ham o'ylab ko'raman. Yana qaytaraman, futbol meni kasbim, men u bilan oilamni boqaman.

-   Hozir ham avvalgidek sport formasida o'ynay olasizmi?
-   Albatta, hozir men ajoyib sport formaga egaman. Har bir futbolchi 28-32 yoshgacha eng yaxshi sport formasida bo'ladi. Buning barchasi futbol bilan bog'liq. Nega menga bunday savolni beryapsiz, xayronman. Nimagadir hamma menga “hozir qanday sport formadasan”, degan savol bilan murojaat qiladi. Men hozir juda ham yaxshi sport formasidaman.

-   Siz ushbu jamoaga uyingiz yaqin bo'lganiuchun ko'chib o'tdingizmi yoki moliyaviy tomoni sizni qiziqtirib qoldimi?
-   "Jeleznichar" juda ham katta jamoa. Har doim chempionlik uchun kurash olib boradi. ECHLda ham ishtirok etadi va albatta moliyaviy tomoni ham yaxshi edi. Men ushbu taklifni qabul qilishimning sababi, har bir inson o'z oilasini boqishi kerak. Men oilamni o'ylab uchun ushbu taklifni qabul qildim.


-   Tasavvur qiling, agarda sizga “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv” klubidan ko'tarma puli bilan yaxshi taklif bo'lsa, bunday chorlovni qabul qilarmidingiz?
-   Avval bunday taklif bo'lganda o'ylanmasdan rad javobini bergan bo'lardim. CHunki o'shanda “Paxtakor” jamoasida to'p tepishni istaganman. Hozir esa boshqa masala, oilam bor. Ularni yaxshi boqishim kerak. Meni oilam mening kasbimdan (futboldan) xavotir olmoqda. Agarda siz aytib o'tgan jamoalar menga taklif bilan chiqishsa ularning takliflarini ko'rib chiqib, biroz o'ylab, keyin bir to'xtamga kelardim.

-   O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda JCH-2018 saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Terma jamoamizning o'yinlari haqida nima deya olasiz?
-   Milliy terma jamoangiz yomon o'yin o'tkazmayapti, lekin birgina juda ham qulay bo'lgan vaziyatni qo'ldan chiqardi. SHunday bo'lsa-da, O'zbekiston milliy terma jamoasida mundialga chiqish uchun imkoniyatlar etarli. Terma jamoangiz uchun muxlislik qilamiz. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etishini chin dildan xohlayman. Nasib qilsa, O'zbekiston terma jamoasini Rossiya yashil maydonlarida ko'ramiz.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика