So’nggi yangiliklar

14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  15 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10

Darko Gojkovich: "O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman" Yangiliklar

Darko Gojkovich: "O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman"

"Qo'qon-1912" jamoasining so'nggi yillardagi eng yaxshi legioner futbolchilaridan biri bu Darko Gojkovich bo'ldi.

Serbiyalik futbolchi ayni damda o'z yurtida bo'lib turibdi. Biz Darko Gojkovich bilan telefon orqali suhbatda bo'ldik.

- Darko ayni kunlarda nimalar bilan mashg'ulsiz? "Neftchi" jamoasi bilan bo'lib o'tgan so'nggi tur o'yinida jarohat olgan edingiz, sog'ligingiz yaxshimi?
- Assalomu alaykum. CHempionat tugagandan so'ng Serbiyaga qaytib kelganman. 10 kun hordiq chiqardim, so'ngra yana mashg'ulotlarni boshlaganman. Hozirda kuniga yugurish va fitness bilan shug'ullanib turibman.

"Neftchi" jamoasi bilan bo'lib o'tgan "derbi"da biroz jarohat olib maydonni erta tark etgan edim. Burchak zarbasidan so'ng noqulay  tarzda yiqilgandim. Qo'lim va elkamda kuchli og'riq tufayli maydonni tark etdim. SHifokorlar Farg'onada dastlabki tekshiruvlarni o'tkazishdi, yaxshiki suyaklarim sinmagan ekan. Biroz mushaklarim cho'zilgan ekan, hozirgi kunga kelib qo'limdagi boylamalarni echganman, hammasi joyida.

- O'tgan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O'tgan mavsum o'zidan ajoyib taassurotlar qoldirdi. Esda qoladigan o'yinlar ko'p bo'ldi. Masalan "Bunyodkor" jamoasini uyda ham safarda ham yutganimiz, Toshkentda "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" kabi jamoalardan ochko tortib olganimiz ayniqsa esda qolarli bo'ldi. Oldingi mavsumlarga solishtirganda bu juda yaxshi natija edi. Lekin chempionatning 1-bosqichidan so'ng "oltin ochko" qoidasi tufayli , ochkolarimiz olib tashlandi va bizda biroz tushkun kayfiyat yuzaga keldi. Yaxshiyamki biz keyinchalik o'zimizga kelib oldik va keyingi yilda ham superligadagi o'rnimizni saqlab qolishga erishdik.

- O'tgan mavsum muxlislar sizni turli poziciyalarda ko'rishdi. O'zingizga qaysi chiziqda o'ynash maqulroq bo'ladi?
- O'tgan mavsum chap qanot himoyasida, "Nasaf" bilan o'yinda esa o'ng qanot himoyasida o'ynadim. Aksariyat o'yinlarda esa tayanch zonasida harakat qildim. Bu albatta bosh murabbiyimizning menga bildirgan ishonchi tufayli yuz berdi. No'mon aka "eplaysanmi" deb so'radilar, men esa jamoaga foydam tegsa bo'ldi, qaerda o'ynashimni farqi yo'q deb javob berdim. Menga ko'proq tayanch zonada o'ynash yoqdi. Bu erdan hujumlarga ham qo'shilib turdim va 2 marta gol urishga ham erishdim.


- Kelgusi yilda rejalaringiz qanday?
- Ko'ramiz hali bir qarorga kelganim yo'q. Men "Qo'qon-1912"da ajoyib 3 yilni o'tkazdim. Qo'qon shahri xuddi o'z uyimdek bo'lib qoldi. Ko'plab muxlislarimiz  bilan ham do'stlashib ketganman. Qo'qonlik futbol muxlislari men uchun judayam qadrli. Agar jamoa rahbarlari va bosh murabbiy meni yana Qo'qonga taklif qilsa, albatta jonim bilan yana boraman. Serbiyaning bir  klubidan ham qo'ng'iroq bo'ldi, ular meni o'z jamoalarida ko'rishni istamoqdalar.

- "Qo'qon-1912" jamoasi bilan moliyaviy tomondan muammolar bo'lmadimi?
- "Qo'qon-1912" bilan tuzgan shartnomamizning muddati mavsum yakunigacha edi. Klubimiz rahbariyati men bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilishdi. Jamoa rahbarlariga bu borada o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Hozirda hamma pullarimni olib bo'lganman.

- Yanvar oyida O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Sizning taxminigizcha terma jamoamiz qanday natija ko'rsata oladi?
-Avvalo O'zbekiston terma jamoasini qita chempionatida ishtirok etishi bilan tabriklayman. Men o'ylaymanki terma jamoa bu musobaqada muxlislarni xursand qiladigan natijaga erisha oladi. Sababi, O'zbekiston terma jamoasida juda kuchli murabbiy ishlamoqda. Terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ham ancha yaxshi salohiyatga ega futbolchilar. "Qo'qon-1912" jamoasidan ham Javohir Sidiqov hamda O'tkir Yusupovlar milliy terma jamoa yig'inida ishtirok etayotganidan xabarim bor. Men bu yigitlarga hamda barcha O'zbekiston terma jamoasi futbolchilariga omad tilayman. Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика