Darko Gojkovich: "O'yinimiz kundan-kunga sifatliroq bo'lib bormoqda"
21 avg 2016 17:50
Yangiliklar
Darko Gojkovich: "O'yinimiz kundan-kunga sifatliroq bo'lib bormoqda"
- “Andijon”dagi g'alabadan so'ng Buxoroga yaxshi kayfiyatda etib kelgan edik. Buxoroda ham uchrashuvni xuddi shu ruhda boshladik. Bir xatomiz evaziga dastlabki golni o'tkazib yubordik. Keyin shubhali tarzda darvozamizga penalti belgilandi va biroz muvozanatni yo'qotdik. “Buxoro” jamoasi kuchli , yaxshi ijrochilarga ega jamoa ekan. Lekin o'yin borasida yaqqol ustun deya olmayman. Biz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik va natijada mag'lubiyatga uchradik.
Bizning jamoada juda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Men bu jamoaning bir bo'lagi ekanimdan mamnunman. O'ylaymanki kundan-kunga jamoamizning o'yini sifati ortib boradi va muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilamiz.
O'zbekiston oliy ligasida to'rt uchrashuvda maydonga tushdim. Bu erda futbolni sevishar ekan. Muxlislarimiz kamchilik bo'lsada, hatto Buxoroga ham etib borishdi. O'zbek futboli Evropa futbolidan farqi shundaki , bu erda texnikaga asoslangan , uzoq paslar bilan o'ynaladigan futbol o'ynashmoqda. Evropada ko'proq qisqa paslar bilan taktik futbol namoyon bo'ladi - deydi Darko Gojkovich.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar