Dario Srna rasman 2018 yil avgustiga qadar diskvalifikaciya qilindi
23 fev 2018 07:50
Yangiliklar


Dario Srna rasman 2018 yil avgustiga qadar diskvalifikaciya qilindi
Futbolchi doping qabul qilganligi tufayli vaqtinchalik futbolchilik faoliyatini to'xtatib turishga majbur.
Ukraina milliy antidoping markazining xabar qilishicha, Srna maydonga faqatgina 2018 yil 22 avgustida qaytishi mumkin. Darioning diskvalifikaciyasi 2017 yil martidan boshlab hisoblanadi. Aynan shu vaqtdan boshlab Srna “SHaxtyor” safida maydonga tushishni to'xtatgan edi. Analizlar davomida futbolchi qonidan degidroepiandrosteron moddasi topilgan. Futbolchining o'zi esa doping qabul qilganini rad qilgan edi. SHunday qilib Srna ushbu mavsumda “SHaxtyor” safida maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar