Danni "Zenit"dan ketayotganini elon qildi
05 iyu 2017 13:35
Yangiliklar
Danni "Zenit"dan ketayotganini elon qildi
33 yoshli portugaliyalikning shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Danni 2008 yil Moskvaning "Dinamo" klubidan "Zenit"ga o'tgan. Joriy mavsum u Rossiya Premer-ligasining 12 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Migel jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.
"Zenit" klubini tark etyapman. Bu jamoada 9 yil o'tkazdim, doimo katta xohish bilan o'ynaganman, klub futbolkasini g'urur bilan kiyar edim, ammo rahbariyatning men bilan shartnomani uzaytirmaslik qarorini hurmat qilaman. Sankt-Peterburgda olgan mehr uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman!
9 yil davomida men bilan birga ishlagan futbolchi, murabbiy va barcha xodimlarga rahmat aytaman. SHu bilan birga, Peterburgda hayotimning bir qismi bo'lganlarga ham. Klubga omad tilayman. Xayrlashish - bu yakun emas, aksincha, bu yangi sarguzashtlarning boshlanishi" - deydi Danni.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar