Danni Ings "Liverpul"ga o'tishni rejalashtirmoqda
26 fev 2015 18:41
Yangiliklar

Danni Ings "Liverpul"ga o'tishni rejalashtirmoqda
"Bernli" hujumchisi Danni Ings "Real Sosedad" klubining taklifini rad qildi va yozda "Liverpul"ga o'tmoqchi.
Fevral oyida Ings Ispaniyaga borib "Real Sosedad" bosh murabbiyi Devid Moyes bilan muzokara o'tkazgani haqida xabar chiqqandi.
Moyes Angliya terma jamoasiga nomzod bo'lgan Danniga taklif bilan chiqqan. Yozda futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi o'z yakuniga etadi va erkin agentga aylanadi.
Moyes Ingsga haftasiga 60 ming funt taklif qildi, ammo Danni bunga rad javobini berdi. Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "Liverpul"ga o'tishni istamoqda.
Ings agar "Liverpul"ga o'tsa hali 24 yoshga to'lmagani uchun "Bernli" "futbolchini tarbiyalagani uchun" pul oladi. Agarda Danni Ispaniyaga yo'l olsa bunday pul berilmaydi.
Bu mavsumda hujumchi Premer-Ligda 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Fikrlar