Daniya murabbiyi: "Eriksenni klonlashtirgan bo'lardim"
26 noy 2022 13:26
Yangiliklar
Daniya murabbiyi: "Eriksenni klonlashtirgan bo'lardim"
Daniya terma jamoasi bosh murabbiyi Kasper Yulmand o'z jamoasi sardori Kristian Eriksen haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Eriksenni klonlashtirgan bo'lardim. Men uning himoyada, jarima maydonchamizda o'ynashini va raqib darvozasi oldida harakat qilishini istardim. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi birinchi kunimdayoq o'zimdan avvalgi Oge Xareyde va uning o'tmishdoshi Morten Olsen aytgan gaplarni aytdim: Kristian – bu jamoaning yuragi", – dedi Yulmand matbuot anjumanida.
Bugun Daniya guruh bosqichi 2-turida Franciyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Daniyaliklar ilk turda Tunis bilan nursiz durang qayd etishgandi.
Fikrlar