Daniya futbol federaciyasi: O'yin yaqin daqiqalardan boshlab davom etadi
12 iyu 2021 23:12
Yangiliklar


Daniya futbol federaciyasi: O'yin yaqin daqiqalardan boshlab davom etadi
Daniya futbol federaciyasning bayonot berishicha, Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:30 dan davom ettiriladi. Buni UEFA ham tasdiqladi.
Birinchi bo'limning so'nggi 4 daqiqasi o'ynaladi va 5 daqiqalik tanaffus beriladi. Keyin esa ikkinchi bo'lim boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Evropa chempionati "B" guruhidan o'rin egallagan Daniya – Finlyandiya bahsining birinchi bo'limi davom etayotgan paytda Kristian Eriksen yurak xuruji tufayli maydonga yiqildi. 29 yoshli Eriksenga chuqur tibbiy tekshiruv zarurligi malum qilindi. Biroq futbolchi o'z hushiga kelgan.
Alohida aytish kerakki, bosh hakam Entoni Teylor hamda shifokorlar tez reakciya ko'rsatib, Eriksenning hayotini saqlab qolishda muhim o'rin tutishdi. Futbolchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar