Danilo: "Braziliya termasi bilan Ronaldu 5ta JCHni yuta olishini aytgandi"
17 noy 2019 16:14
Yangiliklar


Danilo: "Braziliya termasi bilan Ronaldu 5ta JCHni yuta olishini aytgandi"
"Yuventus" himoyachisi Danilo jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Real"da o'ynab yurgan paytlarida uning qanaqa ekanligini bilgandim. Turinda u bilan birga o'ynash ajoyib holatga aylandi. U mayda detallarga qattiq ahamiyat bergan holda yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda. Uning ko'rsatgan natijalarini esa yoddan chiqarib bo'lmaydi.
Ronaldu bir paytlar menga Braziliya termasi tarkibida o'ynaganida 5ta JCHda g'olib bo'la olishini aytgandi", - dedi Danilo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar