Danilo Asprilya: “Ushbu g'alabadan juda ham xursandmiz” Yangiliklar

Danilo Asprilya: “Ushbu g'alabadan juda ham xursandmiz”

Teglar :  Danilo Asprilya
Kecha BAAning “Al Ayn” klubi OCHLning chorak final javob bahsida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi mehmoni bo'ldi va kichik hisobda g'alaba qozonib yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alabadan so'ng “Al Ayn” klubi futbolchisi Danilo Asprilya o'yin haqida fikr bildirdi. 

“Lokomotiv” klubi juda ham kuchli jamoa. Tarkibida bir qancha mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. CHorak finalda 2 ta o'yin o'tkazgan bo'lsak o'z uyimizda bo'lgan uchrashuvda 0:0 durang natijasini qayd etgan edik. Ushbu javob uchrashuvida esa juda ham og'ir o'yinni o'tkazdik. SHunday bo'lsada ushbu bahsda biz kichik hisobda g'alaba qozondik. “Lokomotiv”ga qarshi mehmonda o'ynaganimiz uchun biz qarshi hujum taktikasida harakat qildik. Ushbu g'alabadan juda ham xursandmiz”, - deydi “Al Ayn” klubi futbolchisi Danilo Asprilya.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика