Dani Alvesh "San-Paulu"dan ketib, Evropaga qaytmoqchi
22 sen 2020 12:29
Yangiliklar


Dani Alvesh "San-Paulu"dan ketib, Evropaga qaytmoqchi
"San-Paulu" himoyachisi Dani Alvesh yana Evropa klubida o'ynamoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" sobiq o'yinchisi o'z vatanidagi 13 oylik faoliyatidan so'ng ketishni xohlamoqda. Futbolchi futbolga bog'liq bo'lmagan omillardan xafa.
Alvesh joriy mavsum Braziliya chempionati doirasida 5ta (barchasi asosiy tarkibda) o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Dani "San-Paulu"ga o'tgan yozda erkin agent maqomida o'tgan, uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Alvesh 40ta sovrin bilan tarixda eng ko'p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar