So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   5 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Dani Alves: “Yangi mamlakat va futbol uslubini o'rganishni istayman” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Dani Alves: “Yangi mamlakat va futbol uslubini o'rganishni istayman” (to'liq intervyu)

“Yuventus” Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves bilan 2018 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.


Keyinchalik kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. “Barselona”ni tark etgan Alves matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- Nima uchun etakchi klublar orasidan “Yuventus”ni tanladingiz? Nechanchi raqamni tanlaysiz?

- Bu erda bo'lish va jamoaning bir qismiga aylanish men uchun faxr. “Yuventus”ni tanlashimga sabab shuki, men katta jamoalarda buyuk futbolchilar bilan orzu qilishni yoqtiraman. “Yuve”da ajoyib orzu bor va uni birgalikda amalga oshirishni istaymiz. Jamoa CHempionlar ligasini anchadan beri yutmadi va uni tezroq yutishni xohlayotganini bilaman. Klub Italiyada ko'p yillardan beri etakchilik qilmoqda va barcha Evropadagi sovrinni kutmoqda. Klubda yuqori saviyali futbolchilar jamlangan. Menga katta tarixga ega jamoalar yoqadi. Meni qiziqarli tajriba kutib turibdi. Boshqa mamlakatda yashab, men uchun butunlay begona bo'lmagan futbol uslubini o'rganaman. Tanlovimda muhim ahamiyatga ega jihatlar shunda. Bu orzuni boshqalar bilan bo'lishib, maqsadlarga etishni istayman.

O'zimga 23-raqamni tanladim. Men uchun muhim o'yinchi Jeyms LeBron tufayli. U doim o'zida yangiliklar qidiradi va g'oliblik bargiga burkanishni yoqtiradi. Yangi sinovlarni munosib bosib o'tadi, erishgani bilan kifoyalanib qolmaydi. “Mayami Xit”da o'ynayotganda jamoani o'zgartirdi, lekin keyin barchasini yangi tajriba olish uchun o'zgartirdi. Bu yil yana cho'qqiga qaytib, o'zini ko'rsatdi. Bu raqam menga shunday hissiyotni beradi: yangi mamlakat, yangi jamoa va o'zimni yangidan qidirish, jamoadoshlar bilan tanishish, yangi uslubdagi futbolni o'rganish va raqiblar bilan kurashish. SHuning uchun 23-raqamni xohladim.

- “Yuve”ga CHempionlar ligasidagi g'alaba uchun nima etishmayapti?

- Bu savolga javob bera olmayman, chunki avval jamoada emasdim. Fikrimni keyinroq bildirishim mumkin. Jamoadoshlarimdan Evropada nima etishmaganini bilib olaman. Bu yaxshi o'yin ko'rsatish kerak bo'lgan muhim musobaqa. Faqat saviyali o'yinchilar etarli emas, to'g'ri yondoshish kerak. Biz etishmayotgan jihatni topib, nimaga qodir ekanimizni isbotlashga urinamiz.

- “Barselona”ni tark etish va Italiyaga kelish qaroriga qanday keldingiz?

- Aytganimdek, “Yuve” o'zini topib, maqsadlariga erishishni xohlaydi. Bizda umumiy intilish bor. O'zini qaytadan ko'rsatish nafaqat klub yoki futbolchilar, balki Italiya futboliga taalluqli. Odatda Evropada Italiyani faqat “Yuventus” tanishtiradi. SHunday ekan, bu muhim tarixga ega va Evropada anchadan beri g'alaba qozonmagan jamoaning bir bo'lagiga aylanish uchun ajoyib imkoniyat. Men bu orzu bilan yashayman. G'oliblikdan keyin bir joyda o'tirib, oldingidek bir xil maqsad qo'yishni yoqtirmayman. Oldimda boshqa maqsad yo'qligidan jonimga tegdi. O'zgarishni istadim va “Yuve” tufayli bunga ega bo'laman. Bu erda muhim tajriba olaman. Ko'proq zavq olishimizga ishonaman, chunki klubda professonallar o'ynaydi. O'zimni futbol yulduzi deb hisoblamayman, oddiy mehnatkashman. Ko'p shug'ullanaman va bor kuchimni ishga solaman. Jamoadagi do'stlarim bilan kuchimizni birlashtirib, barchasiga maydonda javob beramiz.

- Allegri bilan gaplashdingizmi? U sizdan nima kutayotganini aytdimi?

- Ha, u bilan suhbatlashdim, lekin mendan nima kutayotgani haqida emas. Jamoaga seni alohida jihatlaring, jamoaga bera oladigan narsalar uchun taklif etishadi. Klubning kuchli tomonlaridan biri shartnoma tuzishni xohlagan futbolchilarni batafsil, uzoq o'rganishidir. Turinliklar o'yinchining o'zidan ham ko'ra uning jamoaga kirishib ketishi ustida bosh qotirishadi. Ularning futbolchini o'rganishini qadrlayman. Men bilan boshqa jamoalar ham bog'lanishdi, lekin bu erga kelganimning muhim sabablaridan biri aynan shu bo'ldi. Ular meni tanlashgan ekan, demak ular bilan bo'lishga arziyman.

- Pogba bilan bir jamoada o'ynaysiz. U haqida qanday o'ylaysiz?

- U muhim va ajoyib o'yinchi. Oxigi paytlardagi futbol topilmalaridan biriga aylandi. Bunday saviyadagi futbolchi bilan birga o'ynashdan faxrlanaman. Faqat u emas, jamoada bo'lgan tajribali, juda yaxshi faoliyatga ega o'yinchilarni ham takidlashim lozim. Jamoa alohida futbolchilar iborat va qachon ular bir mexanizmga aylansa, shunda maqsadlarga erishsa bo'ladi. Pogba bilan o'xshashman, hayotga munosabatlarimiz o'xshashib ketadi. Barcha narsaga birdek munosabatdamiz.

- Dibala siz bilan Messi kabi ko'p gol urishni istaydi. Unga nima deysiz?

- Bu erda boshqalarga yordam berish uchun urinaman. Unga va boshqalarga gol urishga ko'maklashish zavq beradi. Buni xursandchilik bilan qilaman va borimni beraman. Gollar hujumchiga xursandchilik keltiradi. CHempionlar ligasi oson bo'lmagan vazifa, shu bilan birga buning uchun jiddiy ter to'kishimiz lozimligini bilamiz. Jamoa yana tarixga kirishi uchun urinamiz. Muxlislarga CHempionlar ligasidagi yutuqni taqdim etib, ularga baxtiyorlik sovg'a qilishni istayman.

- Amerika Kubogi finalini ko'rdingizmi? Terma jamoadan ketishni xohlagan Messiga nimadir deysizmi?

- Yo'q, ko'rmadim. U kech boshlandi va ishlarim bor edi. Keyin natijani bildim. O'sha gap asabiy holatda aytilgan deb o'ylayman, chunki bu muhim hodisa hisoblanardi. Hech kim bu o'yinchining muhimligini inkor etolmaydi. Unga hech narsa demoqchi emasman. U o'z kuchini, oilasi va do'stlarim uchun muhimlignii biladi. Biz hamisha o'zimizni tushunadigan insonlar bilan bo'lishimiz kerak. Unga yana bir bor o'ylab ko'rishni maslahat beraman. Bunday qaror xotirjam o'ylab ko'rilgach, qabul qilinadi. U ko'p yillar buyuk futbolchi bo'lib qoladi va futbol bilan yashaydigan insonlarga zavq ulashadi. Bunday o'yinchini yo'qotish kerak emas, terma jamoa uchun o'ynashni to'xtatsa, bu fojiaga aylanadi. Uni qo'llab-quvvatlash lozim. Yutish-yutqazishidan qati nazar. Ishimiz shunday, kimdir yutadi va aksincha. Terma jamoadan ketish variant emas. Demak, u o'ynashda davom etishini ayta olaman.

- Jahonda eng ko'p sovringa ega Giggzning rekordiga etish uchun sizga 4 sovrin etishmayapti. Oldingizga shunday maqsad qo'yganmisiz?

- To'g'risi, yo'q. Kundan-kunga o'tib yashayman. Jamoaga g'alaba qozonishga yordam berishni xohlayman. Agar barchasi yaxshi ko'rinish olsa, natijalar keladi. Oldimizdagi maqsadlar sari intilaman. Ko'plab futbolchilar Giggz kabi ajoyib faoliyatga ega. Ularni quvib o'tishni asosiy maqsad qilib olmaslik kerak. Vaqt barchasini o'rniga qo'yadi.

- “Barsa”ni tark etishingiz vaqti kelganini qachon tushundingiz?

- Barchasi yaxshi emasligini sezgan paytimda. Uzoq vaqt jamoada bo'ldim va men bundan zerikdim. U erdagi vaqtimda ajoyib lahzalarni boshdan kechirdim. U katta tarixga ega klub va kamdan-kam futbolchiga ushbu jamoada o'ynash nasib qiladi. Menga bu jamoada o'ynashimga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Har bir voqeaning yakuni bo'ladi. Barchasiga nuqta qo'yishga qaror qildim, buni kimdir men uchun amalga oshirmasdan avval. Xohish va ishtiyoq bo'lmagan taqdirda futbol o'ynay olmayman. Endi yangi sarguzasht boshlanyapti. Bu sayohatda bor kuchimni beraman va voqea baxtli tugaydi deb umil qilaman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика