Dani Alves Turkiyaga yo'l olishi mumkin
24 iyu 2019 16:06
Yangiliklar


Dani Alves Turkiyaga yo'l olishi mumkin
PSJ himoyachisi Dani Alves faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettirishi mumkin.
Oldinroq, 36 yoshli braziliyalik futbolchi PSJdan ketganini elon qilgan edi.
Alves PSJga 2017 yilda "Yuventus"dan o'tgan edi. Futbolchi yakunlangan mavsum Franciya klubi libosida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta samarali uzatmaga erishgan.
Dani "Baiya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'yinchi PSJdan oldin "Baiya", "Sevilya", "Barselona" va "Yuventus" jamoalarida to'p surgan.
transfermarkt.de himoyachini 2,5 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar