Dani Alves: "SHu kun kelishiga ishonardim"
13 noy 2021 20:22
Yangiliklar
Dani Alves: "SHu kun kelishiga ishonardim"
Bir paytlar "Barselona" bilan 23 ta sovringa ega chiqqan 38 yoshli Dani Alves shartnoma imzolagandan keyin o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
“Men deyarli 5 yil davomida shu daqiqalar uchun telbalarcha kurashdim. Bunchalik uzoq vaqt ketishini va bunchalik qiyin bo'lishini bilmasdim, lekin ich-ichimdan shu kun kelishiga ishonardim.
Hech qachon tark etmaydigan joyimga qaytdim. “Barselona”dan ketayotganimda: "Men sizning azolaringizdan biriman. Bu orzum qancha davom etishini bilmayman, biroq u davom etar ekan, abadiy bo'lsin!", – degandim.
Ko'rishguncha! Men xuddi birinchisida bo'lgani kabi ishtiyoq bilan va dunyodagi eng yaxshi klubning tiklanishiga yordam berish istagi bilan keldim!", – deb yozdi Alves Instagram'da.
Dani keyingi haftadan mashg'ulotlarga kirishadi, ammo yanvargacha maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar