Dani Alves Neymarning otasiga qarzini qaytardi
11 apr 23:26
Yangiliklar
Zo'rlash sabab 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan "Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alves qaror to'liq kuchga kirguniga qadar 1 mln evro miqdorida garov puli berib qamoqdan chiqdi.
Hukm qilingan paytda Neymarning otasi fuqaro sifatida unga 150 ming evro qarz bergandi, biroq Alvesga kafil bo'lishdan bosh tortgandi.
Danining advokati Ines Gvardiolaning malum qilishicha, u "Al Hilol" hujumchisining otasiga qarzini qaytargan.
Qayd etilishicha, yakuniy hukm elon qilingunga qadar Alves salkam ikki yil mobaynida ozodlikda bo'ladi.
Fikrlar