Dani Alves LaLigadagi 100-assistini amalga oshirdi
08 may 2022 10:50
Yangiliklar


Dani Alves LaLigadagi 100-assistini amalga oshirdi
"Barselona" himoyachisi Dani Alves Ispaniya chempionati doirasida "Betis"ga qarshi o'yinda Jordi Albaning goliga hammuallif bo'ldi.
SHu orqali u LaLigadagi faoliyati davomida 100-assistini amalga oshirdi. Bunga qadar 39 yoshli braziliyalik himoyachi "Sevilya" tarkibida ham o'ynagan.
So'nggi 30 yil davomida bu uchinchi natija hisoblanadi. Bu reytingda ayni damda Leo Messi etakchilik qilmoqda - 189 assist. Keyingi o'rinda esa "Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu bor - 107 assist.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar