Dani Alves APLga ko'chib o'tadiganga o'xshaydi
08 mar 2014 18:21
Yangiliklar


Dani Alves APLga ko'chib o'tadiganga o'xshaydi
"Barselona" himoyachisi Dani Alves faoliyatini Angliya PLda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Express nashri.
Braziliyalik futbolchining mavsum yakunida Kataloniyani tark etishi tobora aniqlashib bormoqda. Alvesga Evropaning bir qator jamoalaridan takliflar kelib tusha boshladi. Bugun paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, Alves ingliz grandlaridan biri safida paydo bo'lishi mumkin ekan. 30 yoshli himoyachiga bir yo'la to'rt ingliz klubi qiziqish bildirmoqda. Bular "Arsenal", "CHelsi", "MS" va "MYU" jamoalaridir. Manbada qayd etilishicha, Alvesning yozda tumanli albionda paydo bo'lish extimoli yuqori. Kuzatamiz, voqealar qanday rivoj topar ekan.

Fikrlar