So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

Damir Nizanov: "Neftchi" baribir "Neftchi" Yangiliklar

Damir Nizanov: "Neftchi" baribir "Neftchi"

Iqtidorli futbolchi Damir Nizanov so'nggi yillarda Oliy liganing bir qator jamoalari safida faoliyat olib kelmoqda.

Mahoratli yosh yarim himoyachi rasman "Neftchi" jamoasiga tegishli bo'lsada, bugungi kunga kelib Samarqandning "Dinamo"sida to'p surmoqda. Farg'onada etarli o'yin amaliyoti ega bo'lmayotgan Damirni "Neftchi" murabbiylari shtabi jamoadoshi Abdujamol Isroilov bilan birgalikda Samarqand klubiga ijaraga berishdi. Joriy mavsumda "O'zbek Lesteri" deya etirof etilyotgan samarqandliklarning ushbu muvaffaqiyatlarida Nizanovning o'ziga yarasha hissasi bor desak noto'g'ri bo'lmaydi. Quyida futbolchi bilan bo'lib o'tgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Men "Neftchi"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganim sababli mavsum oldidan Samarqand klubida ijarada o'ynash variantini tanladim. Albatta xar bir jamoada futbolchi uchun asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. O'yinchi yashil maydondagi mehnatlari orqali murabbiylarning ishonchini oqlagandan so'ng unga rasmiy o'yinlarda imkoniyat beriladi. "Dinamo"dagi faoliyatim davomida ko'proq mehnat qilib, jamoa muvaffaqiyatlarida salmoqli hissamni qo'shish bilan birgalikda futbolchi sifatida ham o'sish niyatidaman. Bu yilgi mavsum men uchun ajoyib tarzda o'tmoqda. Oliy ligada muntazam o'ynayapman. "Dinamo" qayd etayotgan natijalar ham ishqibozlarga manzur bo'lmoqda. Umuman olgan bu mavsum avvalgilariga nisbatan ancha qizg'in va tomoshabop kechmoqda, - deydi Nizanov. 



- "Dinamo"ning bu yilgi muvaffaqiyatli mavsum siri nimada?

- Bilasizmi, Samarqandda juda ahil jamoa jam bo'lgan. Klubdagi ichki muhit alo darajada desam ham bo'ladi. Bu esa o'z-o'zida jamoaning ijobiy natijalariga zamin yaratadi. Undan tashqari yigitlarning o'yinga bo'lgan shijoati, muvaffaqiyat istagi hamda mehnatsevarligi bizning ushbu natijalarimizga sabab bo'lmoqda. Men shunday fikrdaman.

- Bu yilgi mavsumda jamoa qanday vazifa uchun kurashmoqda?

- Kuchli o'nlik vazifasi bor. Biroq imkon darajasida undan ham yuqori ko'rsatkichlar qayd etishni istaymiz.

- Damir, siz rasman "Neftchi" futbolchisi sanalasiz.  Ikkinchi davrada jamoaga qaytishingiz mumkinmi ? Umuman Oliy liganing boshqa jamoalaridan takliflar mavjudmi?

- Hozircha Farg'onaga qaytish yoki boshqa klubga ko'chib o'tish borasida o'ylaganim yo'q. Diqqat etiborim "Dinamo"dagi faoliyatimga qaratilgan. Hammasi vaqt ko'rsatadi.

- "Dinamo" muxlislari borasida qanday fikrlar bildirasiz?

- Samarqand jamoasining ajoyib muxlislari bor. Ularga gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Xar bir bellashuvda bizni qizg'in qo'llab-quvvatlab turishadi.

- Moliyaviy imkoniyat qanday? Oylik maoshlar vaqtida to'lanyaptimi?

- Ha, bu borada ham muammo yo'q. Barchasi o'z vaqtida bo'lyapti.


- "Dinamo"da murabbiylar shtabi qanday ishlamoqda?
- Jamoamizda malakali va tajribali murabbiylar shtabi jam bo'lishgan. Bu esa o'z natijalarimizda aks etmoqda. Fikrimcha, bizning murabbiylar jamoa imkoniyatidan kelib chiqib to'g'ri taktika tanlay olishyapti. Hamma gap shunda deb o'ylayman.

- Yaqinda oila qurdingiz. Turmush o'rtog'ingiz ham Samarqanddami?

- Yo'q,  hozircha  men Samarqandda, turmush o'rtog'im esa Nukusda yashayapti.

- "Neftchi"ning bu yilgi qayd etayotgan o'yini va natijalari borasida nima deysiz?

- "Neftchi" baribir "Neftchi"! Tez orada Farg'ona jamoasining ayni paytdagi natijalari yanada yaxshilanadi. Bu hammasi emas. Andrey Fyodorov Farg'onada kuchli jamoa tashkil etgan. Farg'onaliklarning g'alabali kunlari hali oldinda.

- Muxlislarga tilaklaringiz.

- Albatta birinchi o'rinda barchani yurtimizga kirib kelgan Mohi Ramazon oyi bilan tabriklayman. Barchalari sog'-omon bo'lishsin. Men istardimki, muxlislar stadionni to'ldirib, o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashsin. Futbolchilar uchun bundan katta baxt yo'q.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика