Dalich: "Xorvatiya Braziliyaga qarshi bo'lgan o'yinni takrorlaydi. Hech kimdan qo'rqmaymiz"
11 dek 2022 18:44
Yangiliklar


Dalich: "Xorvatiya Braziliyaga qarshi bo'lgan o'yinni takrorlaydi. Hech kimdan qo'rqmaymiz"
"Ha, ko'proq himoyalanamiz. Biroq Messi uchun alohida futbolchi ajratmayman. Braziliyaga qarshi o'yinda bunday qilganim yo'q. U qanday mehnat qilishini, to'p bilan bo'lishni yaxshi ko'rishini bilamiz. Himoyalanishdagi asosiy jihat - tartib. Hech kimdan qo'rqmaymiz. Braziliyaga qarshi o'yinni takrorlaymiz.
Argentinaning o'yinini mayda detallargacha taxlil qilamiz. CHunki ularga qarshi o'ynashimizni kutmagandik. Messi - termaning asosiy futbolchilaridan biri. U yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va termani o'z ortidan ergashtirmoqda. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p, ular xavfli o'yin ko'rsatmoqda.
Argentinada ham muammolar bor. Niderlandiya bilan o'yinda 2:0 hisobi 2:2 ko'rinishiga keldi. Barchasi o'zimizga bog'liq. Agarda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish qila olsak, barchasi yaxshi bo'ladi", - dedi Dalich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar