Dalich: "Oltinga teng bronza. Bizdan buni kutishmagan edilar"
17 dek 2022 22:45
Yangiliklar
Dalich: "Oltinga teng bronza. Bizdan buni kutishmagan edilar"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Marokashga qarshi bo'lib o'tgan JCH-2022 3-o'rin uchun bahsi haqida fikr bildirdi.
"Bu oltinga teng bronza.
Bahs qiyin o'tdi, ammo xorvat xalqi va bizni qo'llaganlar uchun medal qo'lga kiritdik. Oxirgi ikkita turnirda ikkita medal yutdik.
Bu g'alabani hammasini boshlab bergan CHiro Blajevich (JCH-1998da Xorvatiya bilan uchinchi o'rinni olgan)ga bag'ishlamoqchiman. Boss, bu siz uchun. Beshtalab medallar yutishim mumkin, ammo siz barcha murabbiylar orasida asosiysi bo'lib qolasiz.
Bizdan bunday muvaffaqiyatni kutishmagan edilar. Mehnati samara bergan yigitlarga minnatdorchilik bildimoqchiman. Bunday musobaqada bronza medali - katta yutuq.
Marokashning o'ng qanotida muammolar borligini bilgandik. Ziesh Perishichni mag'lub eta olmadi, Orshich esa raqib himoyasida muammolar yaratdi" - deydi Dalich.
Fikrlar