Dalich: “Angliya judayam kuchli terma jamoa”
18 noy 2018 08:25
Yangiliklar
Dalich: “Angliya judayam kuchli terma jamoa”
“Angliya tezkor yosh futbolchilarga ega kuchli jamoa. Ammo meni ko'proq o'zi jamoam bezovta qilmoqda. CHunki biz kuni kecha Ispaniyaga qarshi bahs olib bordik va katta kuch yo'qotdik. Biz inglizlarga qarshi ham chiroyli futbol ko'rsatishga urinamiz, umid qilamanki, jamoam o'yinga tayyor bo'ladi va o'z o'yinini namoyish eta oladi.
Bu bizning so'nggi uch-to'rt oydagi uchinchi o'zaro bellashuvimiz. Jamoalar bir birini juda yaxshi biladi. Eng muhimi biz inglizlarni jahon chempionati yarim finalida mag'lub etganmiz. “Uembli”da ajoyib atmosfera bo'lishiga shubha yo'q,” deya Dalichning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.
Angliya-Xorvatiya bellashuvi bugun “Uembli”da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Angliya termasi JCH-2018 yarim finalida qo'shimcha vaqtlarda Xorvatiya termasga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar