Daily Mail: “CHelsi” haligacha Di Matteoga haftasiga 130 ming funt to'lamoqda
13 noy 2013 13:08
Yangiliklar


Daily Mail: “CHelsi” haligacha Di Matteoga haftasiga 130 ming funt to'lamoqda
“CHelsi” klubining sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo, londonliklardan haligacha haftasiga 130 ming funtdan maosh olib turibdi, deb xeber beradi Daily Mail.
Di Mateo jamoaning CHempionlar ligasida g'alaba qozonganidan so'ng, 2012 yilning noyabrida vazifasidan ozod etilgan edi. Italiyalik mutaxassis evrokuboklarning asosiy sovrini qo'lga kiritigach, klub bilan to'liq shartnoma tuzgan edi.
Manbaning xabariga ko'ra, Di Matteo hozirgacha “CHelsi”dan 7 million funt maosh olib bo'lgan. Bundan tashqari murabbiy shartnomaga binoan 2014 yilning iyunigacha 130 ming funtdan olib turadi.

Fikrlar