Dahshat! "Kruzeyro" Braziliya Kubogi finaliga chiqqanini qanday nishonlaganini ko'rdingizmi? (FOTO)
11 okt 2018 16:40
Yangiliklar
Dahshat! "Kruzeyro" Braziliya Kubogi finaliga chiqqanini qanday nishonlaganini ko'rdingizmi? (FOTO)
"Kruzeyro" ikkita uchrashuvdan iborat bo'lgan Braziliya Kubogi finaliga chiqdi.
"Korintians"ga qarshi bo'lgan finalning birinchi uchrashuvidan oldin muxlislar "Kruzeyro" avtobusini juda chiroyli kutib olishdi.
Stadionda bayram atmosferasi sezilib turardi. Faer shou, maskotlar, gitara chalayotgan sozandalar.
O'yin vaqtida muxlislar telefondagi chiroqlar bilan ajoyib manazara yaratishdi.
Belu Orizontidagi maydonlarning birida fan zona tashkil etildi:
Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 1:0 hisobida yakunlandi. Javob o'yini "Korintians" stadionida bo'lib o'tadi.
"Kruzeyro" so'nggi marta 2017 yil "Flamengo"ni mag'lub etib, Braziliya Kubogini qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar