So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми?  0 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  3 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  4 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Cyurixda Sanat SHaripovga xalqaro darajadagi sport yuristi diplomi topshirildi Yangiliklar

Cyurixda Sanat SHaripovga xalqaro darajadagi sport yuristi diplomi topshirildi

Teglar :  Sanat SHaripov
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Sanat SHaripov o'tgan yili SHveycariyaning Cyurix Universitetiga Xalqaro sport huquqi mutaxassisligi bo'yicha magistratura yo'nalishiga qabul qilingan edi.

Bu yil esa u jahon futboliga xalqaro toifadagi mutaxassislar etkazib beruvchi ushbu dargohdagi talim bosqichini muvaffaqiyat bilan tamomladi. Kuni-kecha Cyurixda bitiruvchilar sharafiga tantanali diplom topshirish marosimi tashkillashtirildi.

Germaniya, Buyuk Britaniya, SHveycariya, Avstriya, Italiya, Turkiya, AQSH, Kanada, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Indoneziya, Polsha, Albaniya, Slovakiya, Xitoy va shu kabi boshqa bir nechta mamlakatlar vakillari qatorida, SHaripovga ham xalqaro darajadagi sport yuristi diplomi bayramona tarzda topshirildi. SHu tariqa, Sanat SHaripov sport sohasidagi xalqaro yurist nomiga sazovor bo'lgan o'zbekistonlik birinchi mutaxassis sifatida qayd etildi.


- Marosimning rasmiy qismi Cyurixdagi mashhur Grossmyunster cherkovida bo'lib o'tdi, - deydi SHaripov. – Bitiruvchilar uchun bayram ziyofati kechqurun Cyurix ko'li bo'ylab sayr qilgan paroxodda uyushtirildi. Bu juda ham esda qolarli manzara bo'ldi. Tadbirda FIFA, UEFA, futbol o'yini qoidalarini nazorat qiluvchi xalqaro kengash, Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Sport arbitraj sudi, Butunjahon antidoping agentligi (VADA), Havaskorlar xalqaro boks associaciyasi (AIBA), muz ustida xokkey, velosport va boshqa ko'plab xalqaro sport uyushmalari azolari biz bilan birga bo'lishdi. Ular faoliyatimizdagi yangi bosqich bilan barchamizni samimiy qutlashdi.

***

Biz ham barcha yurtdoshlarimiz nomidan Sanat SHaripovni xalqaro sport yuristi maqomini rasman olganligi bilan muborakbod etamiz! O'zbek futbolini taraqqiy ettirishda uning xizmatlari o'ziga xos, yani xalqaro ko'rinishda bo'lishligini ham tilab qolamiz, ham kutib qolamiz!


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика