So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Cuperliga tur o'yinlarida qanday holatlar yuz berdi? Liga komissari bildirgisidan ko'chirma Yangiliklar

Cuperliga tur o'yinlarida qanday holatlar yuz berdi? Liga komissari bildirgisidan ko'chirma

O'zPFL Superliga tur o'yinlarida yuz bergan turli holatlar va kamchiliklar borasida malum qildi.

«Paxtakor» 1:0 «Mashal»

Aprel oyining ikkinchi sanasida «Paxtakor» klubi o'z maydonida «Mashal»ni qabul qildi. 1-turning qoldirilgan o'yini yuzasidan Liga komissari mezbonlar yordamchi murabbiyi Marko Alexandreni o'z bildirgisida qayd etdi. Mutaxassis reglamentning ayrim bandlariga nisbatan bepisand munosabatda bo'lgan.

Unga ko'ra murabbiy bosh murabbiy va jamoa sardori bor bo'lishiga qaramay, o'z etirozlarini qo'pol tarzda bir necha bor bayon qilgan. Shundan kelib chiqib, Liga xorijlik mutaxassisni rasman ogohlantirdi va klub rasmiylaridan reglament talablarini unga tushuntirishni so'raydi. Kelgusida bu kabi holat jarima intizom chorasi qo'llanilishiga olib keladi.

«Neftchi» 3:2 «Navbahor»

«Navbahor» murabbiyi Mixail Smirnov uchrashuv davomida «Paxtakor» murabbiyi bilan bo'lgandek holatni bir necha bor sodir etgan. Liga unga nisbatan ham rasmiy ogohlantirish berishi mumkin edi. Biroq Smirnov uchrashuv yakunida bosh hakamni kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qilgan va qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan. Shundan kelib chiqib, uning ishini O'FA Tartib-intizom qo'mitasi ko'rib chiqadi.

«Istiqlol» stadioni tablosi bilan bog'liq etirozlar Liga komissari bildirgisida qayd etilgan va komissar buni reglamentning 15.5-bandi bilan bog'lagan. Stadion rasmiylari kelgusi rasmiy uchrashuvda ham Liga talabiga bepisand munosabatda bo'lsa, «Neftchi» klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi.

«So'g'diyona» 2:0 «Paxtakor»

Afsuski, «So'g'diyona» futbol klubi rasmiy uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq qator masalalarga etibor qaratmagan.

Birinchi navbatda klub stadion xodimlari uchun 4-turga kelib ham akkreditaciya tayyorlamaganligi qayd etilgan. Oqibatda texnik hududda komissar tanib olishi mushkul bo'lgan ko'plab begona shaxslar harakat qilgan. Bu esa klub rasmiylari o'z ishiga masuliyatsizlik bilan yondashayotganini bildiradi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida ikki begona shaxs tribunadan oshib tushib, uchrashuvni maydonga yaqin hududda tomosha qilishni boshlagan, qo'shimchasiga, rasmiy o'yin vaqtida klub maskoti bilan suratga tushgan. Uchrashuv yakunlangach esa ikki nafar bola maydonga yugurib tushgan. Klub xavfsizlik oficeri har ikki holatga beparvo munosabatda bo'lgan. Begona shaxslarning texnik hudud bo'ylab istalgancha harakat qilishi Liga komissari uchun qator noqulayliklar keltirib chiqargan.

Shuningdek, tez tibbiy yordam mashinasi uchrashuv startiga 20 daqiqa qolgandagina etib kelgan. Yani, jamoalar rasmiy mashg'ulot o'tkazayotgan vaqtda, ularning ehtimoliy jarohat olishi mumkinligi yuzasidan qayg'urilmagan. Uchrashuv boshlanganidan keyin ham komissar reglament asosida talab qilgan ayrim masalalar hal etilmagan va ular kechikkan holatda amalga oshirilgan.

Liga «So'g'diyona» klubining uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq qator kamchiliklari tegishli qo'mita yordamida ko'rib chiqilishi va klubga nisbatan chora ko'rilishini taminlaydi. Kelgusida bu kabi holat takrorlansa, klubga nisbatan jiddiyroq chora ko'riladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика