So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  11 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

CSKAdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi: "Bazi poziciyalar meni xavotirga solyapti, kuchaytirish lozim" Yangiliklar

CSKAdan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" bosh murabbiyi: "Bazi poziciyalar meni xavotirga solyapti, kuchaytirish lozim"

CSKA – "Andijon" (2:0) uchrashuvidan keyin "burgutlar" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"SHubhasiz, bunday Rossiya bayroqdori bo'lgan jamoa bilan o'yin o'tkazishni o'zi yoqimli. To'g'ri, bu yil sovrindorlar qatorida emas, shunday bo'lsada, bu kabi o'yinlar bizga tajriba beradi.

Bizga mana shunday o'yin tashkil qilib berganligi uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Uchrashuvga to'xtalsam, kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. O'yin oson bo'lmasligini oldindan bilgan edik. Mashg'ulotlarda ishlangan bazi narsalarimizni ko'rib oldik. Xursand qilgan jihati, ayrim vaziyatlarda koreyaliklarga qarshi o'yinga nisbatan yaxshi harakat qildik. Bu uchrashuvda yaxshi o'ynayotganimizni va yana kamchilik taraflarimizni ko'rib oldik. To'g'ri, bazi poziciyalar meni xavotirga solyapti, kuchaytirish lozim. Muammolarni bartaraf qilamiz, deb o'ylaymiz. Ishlashda davom etamiz.

Yana qaytarib o'taman: bir nechta poziciyalarni kuchaytirish kerak. Yigitlarga rahmat, harakat qilishdi. Bunday o'yinlarda tushkunlikka tushish shart emas. Ikkinchi golni o'tkazganimiz alamli bo'ldi. Bunga o'zimiz sababchimiz, shu vaziyat kartinani buzib qo'ydi. Hujumda ishlarimiz o'xshamadi. Golga tortadigan vaziyat yarata olmadik. Koreyaliklar bilan bo'lgan o'yinga nisbatan vaziyatlarimiz oz bo'ldi. Ammo biz ishlashda davom etamiz”, – deya fikr bildirdi Aleksandr Xomyakov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика