So’nggi yangiliklar

21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 21:10Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  114 21:00Ўзбекистон кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  22 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  0 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  1 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4 17:39Машҳур инсайдер: Элдор Шомуродов "Рома"да қолиши аниқ  6 17:21"Пахтакор" Элит ОЧЛдаги учрашувларини "Жар"да ўтказади  8 17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  3 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3

SHomurodov gol urib, assistentlik qilgan bahsda "Rostov" CSKAni mag'lub etdi Yangiliklar

SHomurodov gol urib, assistentlik qilgan bahsda "Rostov" CSKAni mag'lub etdi

CSKA hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 12-tur uchrashuvi yakunlandi.

CSKA Moscow

Nikola Vlasic - 90'

Premier League . 12-tur

06/10/2019, 18:30

3
:
1
Tugadi

FC Rostov

Khoren Bayramyan - 11', Khoren Bayramyan - 44', Eldor Shomurodov - 61'

Stadion: VEB Arena

45'
90'
30'  Mario Fernandes
46'  Cedric Gogoua Kouame (Lucas Santos)
67'  Arnor Sigurdsson (Jaka Bijol)
89'  Ilzat Akhmetov (Kristijan Bistrovic)
90'  Nikola Vlasic
11'  Khoren Bayramyan
11'  Mathias Normann
12'  Danil Glebov
44'  Khoren Bayramyan
44'  Eldor Shomurodov
58'  Danil Glebov (Baktiyor Zaynutdinov)
61'  Eldor Shomurodov
61'  Khoren Bayramyan
77'  Khoren Bayramyan (Arseniy Logashov)
85'  Aleksey Ionov (Aleksandr Saplinov)
86'  Aleksandr Saplinov

CSKA – "Rostov" 1:3

"VEB Arena"

Gollar:  0:1 – 11 Bayramyan, 0:2 – 44 Bayramyan, 0:3 – 61 SHomurodov, 1:3 - 90 Vlashich.

CSKA: Akinfeev, SHarliya, Gogua (Lukas Santos, 46), Diveev, Fernandes, Vlashich, Axmetov, Kuchaev, Oblyakov, Sigurdsson (Biyol, 67), CHalov.

"Rostov": Baburin, Xadjikadunich, CHernov, CHistyakov, Kozlov, Popov, Bayramyan (Logashov, 77), Glebov (Zaynutdinov, 58), Normann, Ionov (Saplinov, 85), SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Glebov (12), Fernandes (30), Saplinov (86).




UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. "Rostov" darvozasi tomon penalti! CHistyakov CHalovni o'z jarima maydonchasida yiqitdi. Vlashich penaltini golga aylantirdi. 1:3

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Moskva jamoasi kombinacion hujumlar uyushtirishga urinmoqda, ammo har safar mehmon jamoa vakillari raqiblarining urinishlarini yo'qqa chiqarishmoqda.

84. CSKA so'nggi marta 2011 yil o'z maydonida 3ta to'p farqi bilan yutqazgan ekan. SHomurodov tarixiy uchrashuvda o'z hisobiga gol va golli pas yozdirib qo'ydi.

80. Oblyakov "Rostov" jarima maydonchasining burchagidan darvozaga zarba berdi. Ajoyib zarbani Baburin qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

78. ELDOOOR! SHomurodov-Akinfeev o'rtasidagi navbatdagi duelda hamyurtimiz yana to'pni raqibi ustidan tashlashga urindi, biroq to'p darvoza oldidan o'tib ketdi.

77. O'zgarish ("Rostov"): O'z jamoasining uchchala golida ishtirok etgan Xoren Bayramyan o'rniga Arseniy Logashov maydonga tushdi.

73. "Armiyachilar"ning braziliyalik legioneri Santos yaqin masofadan darvozani nishonga ola bilmadi. Uning zarbasi burchak tomonga ketdi.

71. CSKA hujumga o'tdi. Oblyakovning qanotdan uzatgan to'pini Baburin maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Mezbonlarning burchak zarbasi ham hujumi kabi nafsiz yakunlandi.

SHomurodovning goli TELEGRAM kanalimizga joylandi.

65. "Rostov" yana gol urish maqsadida hujumga o'tyapti. Mehmonlar bu ketishda RPL chempionligiga asosiy davogarlardan biriga aylanishi mumkin.

61. GOOOOOL! SHOMURODOV Akinfeev darvozasini ishg'ol qildi! Bayramyang ajoyib uzatma orqali Eldorni darvozabon bilan birga-bir chiqishini taminladi. Hamyurtimiz esa Messi uslubida to'pni posbon ustidan tashlab, hisobni yiriklashtirdi.

57. O'zgarish ("Rostov"): Baxtiyor Zaynutdinov Glebov o'rniga maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, Baxtiyor qozog'istonlik futbolchi.

55. Yana birga-bir! Bu safar Bayramyan Akinfeevni dog'da qoldira olmadi. Ikkita golli vaziyat qo'ldan boy berildi.

52. SHOMURODOOOV! Eldor Akinfeev bilan birga-bir chiqdi, biroq hamyurtimiz jarima maydochasi chizig'i ustiga etmay zarba berishga qaror qildi va Akinfeev to'pni qaytarib yubordi.

51. "Rostov" raqibdan to'pni olib qo'ydi va qarshi hujumga otlandi. SHomurodov ikki CSKA futbolchisi orasida to'pni qabul qilib, chap qanotga uzatdi, Ionov Valeriy Karpinning ko'rsatmasidan so'ng qarshi hujumni to'xtatib, to'pni saqlashga qaror qildi.

49. SHomurodov markazga yaqin hududda bir futbolchidan o'tib ketish uchun to'pni uzoqroqqa tashladi, ammo himoyadagi boshqa futbolchi Eldor qochib ketishiga imkon bermadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Hozircha tarkiblarda o'zgarish yo'q.


TANAFFUS!

44. GOOOOL! "Rostov"dan navbatdagi gol. Bu safar ham Bayramyan o'zini ko'rsatdi. SHomurodovdan to'pni qabul qilgan Xoren jarima maydonchasi chizig'i ustidan chap oyog'ida darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. 

42. Kecha, Sobolev 2ta gol urib, RPL to'purarlar poygasida SHomurodovdan o'tib ketdi. "Rostov" muxlislari Eldor yana etakchi bo'lishini xohlab, undan gol kutishmoqda.

41. CSKA to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. "Rostov" futbolchilari xavfni bartaraf etishdi.

36. Eldor o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni tashladi. CHernovning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Odatda SHomurodovga to'p uzatilardi, bu safar aksi bo'ldi.

35. SHomurodov o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, ammo qarorini o'zgartirib, orqaga pas berdi.

34. Moskva klubi vaziyatni o'nglashga urinmoqda, biroq "Rostov"ning ishonchli himoyasi bunga yo'l qo'ymayapti.

30. CSKA futbolchisi sariq kartochka bilan jazolandi. Mario Fernandes ikkinchi qavatdagi kurashda CHernovga nisbatan qo'pol o'ynadi.

26. Mezbonlar to'pni burchakdan o'yinga kiritishdi, himoyachilar bosh bilan yaxshi o'ynashdi, biroq CSKA hujumining ikkinchi to'lqini zarba bilan yakunlandi. CHalovning zarbasini darvozabon Baburin egallab oldi.

23. CSKA qanotda hujum amalga oshirdi. CHalov havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza tomonga burishga urindi, noaniq.

22. SHomurodov chap qanotga ochildi va to'pni qabul qilib oldi. Eldor raqib jarima maydonchasiga kirishda to'pni oldirib qo'ydi.

18. Goldan so'ng to'p nazorati CSKA tomoniga o'tdi. Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun raqib himoyasida tirqish izlashmoqda.

Golni TELEGRAM kanalimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.

11. GOOOOL! "Rostov" hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'p bir o'zi turgan Xoren Bayramyanga kelib tushdi. U bir teginish bilan to'pni darvozaga burib, hisobni ochdi.

7. "Armiyachilar" jarima zarbasi orqali to'pni o'yinga kiritishdi, "Rostov" himoyachilar to'pni qaytarishdi, CSKA futbolchisi orqaroqda turgan jamoadoshiga to'p uzatdi, uzatma biroz kuchsiz bo'lgani tufayli Bayramyan katta tezlikda to'p tomon harakatlandi, ammo uni egallab olishga bir necha santimetrlar etmadi. Aks xolda "Rostov" ajoyib qarshi hujum tashkil qilishi mumkin edi.

6. Moskvada qor yog'moqda.

5. Popov 30 metr uzoqlikdan CSKA darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, Akinfeev to'pni qaytardi va hujum bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +111   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика