Corriere dello Sport: Arsenal Dibala uchun 40 million evro bermoqchi

17 fev 2015, 23:34
Arsenal Palermo hujumchisi Paulo Dibalani qo'lga kiritishni istamoqda.
"Corriere dello Sport" nashrining xabariga ko'ra, londonliklar Palermoga Dibala uchun 40 million evroni to'lab berishmoqchi.

"Palermo" klubi xo'jayini Mauricio Dzamparini futbolchini uzoq ushlab turmoqchi emasligini aytib o'tgandi.
Yozda Dibala katta ehtimol bilan "Palermo"ni tark etishi mumkin.
Shuningdek, futbolchiga Angliyaning Manchester Yunayted, Manchester Siti va Chelsi klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Manba: sports.ru