So’nggi yangiliklar

23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  0 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0

Coca Cola Tour. FIFA muzeyiga sayohat, bu erda O'zbekistondan nima bor? Yangiliklar

Coca Cola Tour. FIFA muzeyiga sayohat, bu erda O'zbekistondan nima bor?

SHveycariyaning Cyurixiga kelib FIFA muzeyiga kirmaslik juda katta xato bo'lardi.

2016 yilning 28 fevral kuni ochilgan mazkur muzeyga 563 mln dollar sarf qilingan. Malumotlarga ko'ra bu ishga korrupciya aralashgan deb o'ylashadi va bunga qarshi ish ochilgan. Muzey shahar markazida, shuning uchun ham katta mablag' ketgan bo'lishi mumkin, boisi SHveycariyada ko'chmas mulk juda qimmat turadi. Aslida muzey Blatter davrida qurilishni boshlab, Infantino prezidentligida ochildi. 40 yilga ijaraga olingan bino qayta tamirlandi.




2020 yilning dekabrida FIFA sobiq prezidentini sudga beradi. Sababi oddiy, 563 mln dollar sarf qilingan muzey bor yo'g'i 3 mln foyda keltiradi. FIFA esa Blatter bekorga katta mablag' sarf qilgan degan vaj bilan uni sudga berdi.



Mingdan ortiq eksponatlarga boy ko'rgazmada barcha Jahon chempionatlariga doir tomoshabop narsalarni ko'rasizlar. Ularning orasida 1930 yilgi chempion Urugvay kiygan libos ancha qadrli.

O'zbekiston milliy terma jamoasining libosi ham muzeydan joy olgan. Bu erda FIFAga azo bo'lgan barcha mamlakatlarning futbolkalari turadi. Ular qatorida bizning ko'k rangdagi libosimizni ko'rishimiz mumkin. Yana O'FFni 1994 yil FIFAga azo bo'lganligi haqidagi maxsus oyna ham mavjud.


Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell




Men esa mana bu videoda futbolkamizni JCHga chiqqan mamlakatlar qatorida turishini niyat qildim.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика