So’nggi yangiliklar

07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  1 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  5 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5

Coca Cola Superligasining jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? 1-QISM Yangiliklar

Coca Cola Superligasining jamoalarining umumiy narxi qancha va eng qimmat futbolchilari kim? 1-QISM

Yangilangan malumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning umumiy narxi 1 milliard dollardan oshib ketdi.

SHu boisdan biz ham O'zbekiston Superligasining jamoalarining narxi haqida malumot berib o'tamiz. Malumotlar transfermarkt saytidan olingan.

14 jamoa ishtirok etayotgan Superligamizning umumiy narxi 78,77 million evroga baholanmoqda. Jamoalar orasidagi eng qimmati esa Paxtakor hisoblanadi. Toshkent jamoasining narxi transfermarkt saytida 11,13 million evro etib ko'rsatilgan.

1. "Paxtakor"

O'zbekistoning 15 karra chempioning transfermarktdagi narxi 11,13 million evroni tashkil qiladi. Jamoaning eng qimmat o'yinchisi Odilbek Hamrobekov hisoblanadi. Uning transfermarktdagi narxi 1 million evro etib belgilangan. Legionerlar orasidagi eng qimmati Metyu Stinvordendir. Niderlandiyalik futbolchining transfer narxi 500 ming evroni tashkil qiladi.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Odilbek Hamrobekov — 1 million evro

2. Dostonbek Hamdamov, Hojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev — 900 ming evro

3. Azizbek Turg'unboev — 800 ming evro



2. "Navbahor"

Namangan jamoasi yil boshida tarkibni ancha kuchaytirdi va “Navbahor”ning transfermarktdagi narxiga ham tasir ko'rsatdi. Namanganliklarning hozirgi holatdagi narxi 10,39 million evroni tashkil qiladi. Jamoaning eng qimmat o'yinchisi esa Jamshid Iskenderov hisoblanadi. Uning transfermarktdagi narxi 850 ming evroni tashkil qiladi. Eng qimmat legioner esa Milosh Milovich. Uning transfer narxi 750 ming evro.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Jamshid Iskenderov — 850 ming evro

2. Oston Urunov — 800 ming evro

3. Milosh Milovich — 750 ming evro

4. SHahboz Jo'raboev, Abrorbek Ismoilov, Jamshid Boltaboev, Temurxo'ja Abduxoliqov -650 ming evro

3 "Nasaf"

Qashqadaryoning bosh jamoasining umumiy transfer narxi Xusniddin Aliqulov (1 million evro) va Xusayn Norchaev (750 ming evro) ketganidan so'ng ancha tushib ketdi. Hozirgi vaqtda jamoaning umumiy narxi 7,65 million evroni tashkil qiladi. Jamoaning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchisi SHerzod Nasrullaev hisoblanadi. Uning transfer narxi 800 ming evroga baholanmoqda. Eng qimmat legioner esa yozda katta maqsadlarda olib kelingan Andres Eliseo CHaves hisoblanadi. Vaqtida 4 million evrodan oshiq narxi bo'lgan futbolchining hozirgi transfer narxi 400 ming evroga tushib qolgan.

Eng qimmat futbolchilari:

1. SHerzod Nasrullaev — 800 ming evro

2. Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov — 750 ming evro

3. Abduvohid Nematov — 700 ming evro

4. Umar Eshmurodov — 600 ming evro

4. OKMK 

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi Olmaliq jamoasining umumiy narxi 7,26 million evroni tashkil qiladi. Ayni vaqtda OKMK jamoasining eng qimmat futbolchisi Xurshid G'iyosov hisoblanadi. 28 yoshli futbolchining transfermarkt saytidagi narxi 900 ming evro etib belgilangan. Eng qimmat chet ellik futbolchi esa Ruben Sanches va Martin Boake ekan. Har ikki futbolchining narxi 450 ming evro.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Xurshid G'iyosov — 900 ming evro

2. Abdulla Abdullaev — 600 ming evro

3. Akramjon Komilov — 500 ming evro

4. Dilshod Ahmadaliev, Ruben Sanches, Martin Boake, Oybek Rustamov — 450 ming evro

5. "Neftchi"

“Nasaf”da ketgan futbolchilarning hisobida narx pastlagan bo'lsa, Farg'ona viloyatining bosh jamoasida aksi. “Neftchi” yozda O'zbekiston futbol bozori uchun qimmat va yaxshi darajadagi futbolchilarni olib kelishi hisobiga narxi oshdi. Jamoaning umumiy narxi — 6,03 million evroga baholanmoqda. Jamoaning eng qimmat javohiri 29 bahorni qarshilagan Diyorjon Turopov hisoblanadi. Jizzaxlik futbolchining transfer narxi 650 ming evro. Undan keyingi o'rinda jamoaning tojikistonlik legioneri Zoir Jo'raboev turadi. Himoyachining transfer narxi 500 ming evroga baholanmoqda.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Diyorjon Turopov — 650 ming evro

2. Zoir Jo'raboev — 500 ming evro

3. Aleksey Larin, SHarof Muhitdinov — 450 ming evro

4. Tomislav Mrchela, Ulug'bek Xoshimov — 400 ming evro

6. "Olimpik"

Ushbu ro'yxatda eng tez o'sishga erishgan jamoa aynan Olimpik hisoblanadi. Timur Kapadze shogirdlarining 90 foizi ikki yil avval transfermarktda narxi ham yo'q edi. Hozirga kelib esa jamoaning umumiy narxi 4,76 million evroga baholanmoqda. Agar jamoaning bir qator etakchi futbolchilari hali ham Toshkent jamoasida qolganida narx kamida 6 million evro bo'lardi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi O'zbekiston U-23 terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov hisoblanadi. Uning transfermarktdagi narxi 550 ming evroni tashkil qiladi.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Jasur Jaloliddinov — 550 ming evro

2. Otabek Jo'raqo'ziev — 500 ming evro

3. Saidazamat Mirsaidov, Odilbek Abdumajidov — 450 ming evro

4. Alisher Odilov — 400 ming evro

5. Abdurauf Bo'riev — 350 ming evro



7. "Surxon"

Surxondaryo bosh jamoasi Superliganing eng qimmat 7-jamoasi hisoblanadi. Jamoa yozda ikkita olimpiyachilarni oldi va shuning hisobida ularning transfer narxi 4,70 million evroga ko'tarildi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi liberiyalik legioner Silvanus Nimeli hisoblanadi. Uning narxi 600 ming evroga baholanmoqda.

Eng qimmat futbolchilari:

1. Silvanus Nimeli — 600 ming evro

2. Doston Tursunov — 400 ming evro

3. SHahzod Toirov, Behzod SHamsiev, Behruz SHaydulov — 350 ming evro

Transfermarkt sayti asosida tayyorlandi

DAVOMI BOR...

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика