So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona"ni "Andijon" to'xtatdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona"ni "Andijon" to'xtatdi

Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "So'g'diyona" - "Andijon" 1:1

90+3. Andijon jamoasi tarkibida o'zgarishlar: Farhod Miraxmadov, Ibelar o'rniga Baxtiyor Qosimov va Qahramon Bahodirovlar maydonga tushishdi.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Farhod Bekmurotovning chamasi 25 metrlardan berilgan zarba darvozaning to'qqizligidan joy oldi 1:1. 

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

89. Andijon futbolchilari o'ng qanotdan yorib kirishmoqchi bo'lishdi, biroq mezbonlar himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi

88. So'g'diyona futbolchilar kombigaciya qilib chap qanotdan yorib kirishmoqchi bo'lishdi, andijonlik himoyachilar faol harakat qilib to'pni olib qo'yishdi

87' Javohir Qahramonov faol harakat qilib to'pni o'zi uchun zarba berishga tayyorladi, biroq himoyachilar to'pni undan olib qo'yishdi

83. Bahs asosan noaniq uzatmalar-u, turli xatolar bilan davom etmoqda

80. Birinchi bo'lim so'ngida jamoalardan ikkinchi bo'limda yanada shiddatli o'yin ko'rsatishlariga umid qilgandik, biroq bu o'zini oqlamayapti

77. So'g'diyona jamoasi tarkibida so'nggi o'zgarish: SHoxruz Norxonov o'rniga Ayubxon No'monov maydonga tushdi.

74. O'zgarish. Andijon. Jahongir Abdumo'minov o'rniga Artyom Litvyakov,

73. So'g'diyona jamoasi tarkibida o'zgarish: Elyor Orifov o'rniga SHavkat Mullajonov o'yinni davom ettiradi.

72. Avval Sardor Qulmatov, keyin Elyor Orifovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

71. Ogohlantirish. Fol ishlatgani sabab Sanat SHixovga sariq kartochka ko'rsatildi 

66' Jasur Hasanovning chap qanotdan shturm uyushtirib to'pni jarima maydonchasi tomon yo'naltirdi, lekin jizzaxliklardan hech kim yo'q...

63. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHohruz Norxonov 1:0. O'ng qanotdan Elyor Orifov tomonidan uzatilgan to'pni Norxonov bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi

61. O'zgarish. "Andijon". Temur Usmonov o'rniga Siroj Meliev tushdi

58. So'g'diyona jamoasi tarkibida o'zgarishlar: Eliveoto Dantas, Ivan Nagaev va Sanjar Rashidov o'rniga Bahodir Nasimov, Jamshid Boltaboev, Javohir Qahramonov maydonga tushishdi.

51' Elyor Orifov xavfli zarba berdi biroq to'p darvozaga bormadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi 


45+1. Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Ikkinchi bo'limda dastlabkisiga qaraganda yana ham shiddatli futbol kutib qolamiz

45+1. Milan Mitrovichga nisbatan hujumda qo'pollik ishlatildi, bunga esa Andijon futbolchilari hakamga etiroz bildirdi. Sababi to'p darvozaga kirgandi.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. Taymning so'nggi daqiqalarida Jasur Hasanov o'ng qanotdan xavfli zarba yo'lladi, to'pni darvozabon qaytardi! SEYV

41' UXXXXX! Milan Mitrovich to'pga chiqishga xatoga yo'l qo'ydi, Timur Usmonovning chalqancha uslubda zarba bermoqchi bo'ldi, biroq to'p haqiqatda oyoqqa tushmadi

34' ZARBAAAA! So'g'diyona tomonidan yana bir jarima zarbasidan uzatilgan to'pga Elyor Orifov bosh bilan zarba berdi, ozgina aniqlik etishmadi

31. Jarima maydonchasi ichida Ivan Nagaev yiqildi, biroq bu vaziyatda hakam hech qanday penalti yo'qligini bildirdi

30' Endi Andijonda xavfli hujum. Qanotdan uzatilgan to'pga Farhod Miraxmadovning zarbasini himoyachilar qaytarishdi

29' Havfli hujum "So'g'diyona"da. Burchak zarbasidan uzatilgan to'p darvoza tomon yo'naltirildi, biroz noaniq

28' Jasur Hasanovning jarima zarbasidan uzatgan to'pi Andijon himoyasmlari tomonidan qaytarildi, qaytgan to'pga zarba bergan Sanjar Rashidovning "to'p oyog'iga tushmadi"

24. Ogohlantirish. Iskandar SHoyqulov yana qo'pollik ishlatdi, va hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirish oldi

19' Farhod Miraxmadovning chap qanotdan uzatgan to'pini Milan Mitrovich mushtlari bilan urib yubordi.

17. Andijonning 17-raqamli futbolchisi Abdullo Olimov uzoq masofadan zarba berib o'z omadini sinab ko'rdi, ammo ancha noaniq

14. ZARBAAAAAAAAAAA! SHoxruz Norxonovning jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Jasur Hasanov darvoza yo'lladi, to'p darvozaning tashqi tomon to'riga tegib maydonni tark etdi

11' Ogohlantirishlar. Andijon jamoasi futbolchisi Timur Usmonov va So'g'diyona himoyachisi Sardor Qulmatovga sariq kartochka ko'rsatildi.

7. So'g'diyona Andijon jamoalari bahsi davom etayotgan pallada, azon ovozi eshitilmoqda. Yaxshiliklardan, yaxshi xabarlardan dalolat deb umid qilamiz

6' Andijon jamoasi jarima zarbasidan to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdi, bosh bilan zarba berildi, ammo noaniq

2' So'g'diyona jamoasi dastlabki daqiqalarni ancha faol boshladi va burchak zarbasiga ega bo'ldi.

1. O'yin boshlandi!


Coca Cola Superliga. 6-tur
26 iyun, juma
20:00 SO'G'DIYONA – ANDIJON 1:1
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Andrey Capenko, Timar Gaynullin, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev 

Gollar: SHohruz Norxonov 63, - 1:0 (Elyor Orifov). Farhod Bekmuratov 90, - 1:1.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov, 4.Elyor Orifov (18.SHavkat Mullajonov, 73), 7.Sanjar Rashidov (8.Jamshid Boltaboev, 58), 10.SHohruz Norxonov (5.Ayubxon Nomanov, 77), 11.Jasur Hasanov, 12.Sanat SHixov, 17.Ivan Nagaev (20.Bahodir Nasimov, 58), 80.Elivelto Ribeyro (19.Javohir Qahramonov, 58), 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 21.Sahob Rashidov, 22.SHahboz Jo'rabekov, 30.Dian Talxatov.

"Andijon": 71.Islombek Abdullaev, 4.Farhod Mirahmatov (6.Baxtiyorjon Qosimov, 90+3), 7.Jamshid Hasanov, 8.Farhod Bekmuratov , 9.Emmanuel Arivchukvu, 14.Mishel Ibe (25.Qahramon Bahodirov, 90+3), 17.Abdullo Olimov (33.Doniyor Abdumannonov, 74), 22.Usmonali Ismonaliev, 23.Timur Usmonov, 77.Jahongir Abdumo'minov (10.Artyom Litvyakov, 74), 88.Dmitro Zozulya.
Zaxira: 1.Aslonbek Ahrorov, 3.Azamat Isroilov, 5.Xushnudbek Avilov, 11.Siroj Meliev, 70. Nodir Mavlonov.

Ogohlantirishlar: Timur Usmonov 11, Sardor Qulmatov 11, Iskandar SHoyqulov 24, Sanat SHixov 71.



So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 63'

Superliga. 6-tur

26/06/2020, 20:00

1
:
1
Tugadi

Andijon

Farhod Bekmurodov - 90'

45'
90'
11'  Sardor Qulmatov
24'  Iskandar SHaykulov
58'  Elivelto Ribeyro (ZHavohir Qahramonov)
58'  Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboev)
58'  Ivan Nagayev (Bahodir Nasimov)
63'  Shohruz Norxonov
63'  Elyor Orifov
71'  Sanat Shixov
73'  Elyor Orifov (SHavkat Mullazhonov)
77'  Shohruz Norxonov (Ayubxon Nomanov)
11'  Temur Usmonov
61'  Temur Usmonov (Siroj Meliyev)
74'  Jahongir Abdumo’minov (Artyom Litvyakov)
90'  Farhod Bekmurodov
90'  Farhod Mirahmatov (Baxtiyor Qosimov)
90'  Ibe Michel Okoro (Qahramon Bahodirov)





Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика