Coca Cola Superligasi. Quyoshrang qog'ozni kim sevadi-yu, kim yoqtirmaydi
10 iyu 2023 22:30
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. Quyoshrang qog'ozni kim sevadi-yu, kim yoqtirmaydi
Birinchi davra davomida hakam tomonidan eng ko'p va eng kam ogohlantirilgan jamoalarni yodga olamiz.
Reytingni keltirishdan avval, shuni takidlash joizki, ogohlantirishlar soni futbolchilar bilan birgalikda murabbiylarga ko'rsatilgan holatlarda ham qayd etilgan. SHuningdek, bir futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatilgan taqdirda, ko'rsatilgan ikkinchi kartochka sanog'imizdan o'rin olmagan va chetlatishlar soniga qo'shilgan.
Ortda qolgan yarim mavsum davomida "Olimpik" azolari 33 marotaba ogohlantirilgan. "Bunyodkor" vakillariga esa 31 marta sariq kartochka ko'rsatilgan.
Bu borada eng odobli klub "Surxon" hisoblanadi. Sergey Arslonov shogirdlari 20 marotaba jabrdiyda bo'lgan. "Nasaf" esa 22 ta sariq kartochkani jamg'argan.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar