So’nggi yangiliklar

23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  20 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  12 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  37 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  7 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1

Coca Cola Superligasi. "Metallurg" "Qizilqum" maydonida g'alaba qozondi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Metallurg" "Qizilqum" maydonida g'alaba qozondi

Coca Cola Superligasi 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga-2023, 16-tur

"Qizilqum" - "Metallurg" 0:2

13.08.2023 yil. 20:00

"Yoshlar" Sport kompleksi, Navoiy.

Hakamlar: Olim To'ychibaev, Sanjar SHayusupov, Alisher Usmanov

VAR: Firdavs Norsafarov.

AVAR: Rahmatova Zilola.

Komissar: SHerzod Rajabov.

Gol: 0:1 — 55, Husniddin G'ofurov (pen.), 0:2 — 90+3, Bektemir Abdumannonov (Zabihillo O'rinboev)

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 5.Samandar SHukurillaev (2.Bagtiyar Gurgenov, 22), 6.Murodbek Rahmatov (87.Alisher Sanoev, 72), 10.Islom Kenjaboev, 11.Akaki SHulaia, 11.Akaki SHulaia, 23.SHerali Jo'raev (4.Ilhom Vahobov, 72 (Abdumannonov, 89)), 24.Ifeani Ifeani, 44. Jo'rabek Mannonov, 77.Giorgi Kuhianidze, 92.Marko Simonovski.

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 7. Davron Anvarov, 9.Humoyun Abdualimov, 17.Muhammadali G'iyosov, 30.Islomjon Toshpo'latov, 79.Diyor Rahmatullaev.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini, 4.Kerim Palich, 7.Husniddin G'ofurov (8.Iskandar SHoyqulov, 67), 9.Zabihillo O'rinboev (6.Xudoyshukur Sattorov, 90+5), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Sardor Abduraimov (10.Bektemir Abdumannonov, 64), 17.Rizo Yazdando'st, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 33.Ivan Yosovich, 77.SHahzod Ubaydullaev (11.Damir Temirov, 64).

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 19.Ergash Ismoilov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 23.Behruz SHodmonov,  97.Muhammadali Aliqulov.

Ogohlantirish: Rizo Yazdando'st (45), SHerali Jo'raev (49), Bagtiyar Gurgenov (54), Kerim Palich (77)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

 Uchrashuv yakunlandi!

90+3. GOL! Abdumannonov uchrashuvga nuqta qo'ydi! Tajribali futbolchi o'zi vaziyatni hal qildi! O'rinboevdan assist!

90+1. Abdumannonov bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Qizilqum"da o'zgarish: Muxammadali G'iyosov zaxiradan maydonga tushgan Vahobovni almashtirdi.

88. Kuhianidzening zarbasidan so'ng Ortiqov hushyorlikni yo'qotmadi.

87. Kenjaboevning uzatma aralash zarbasiga aniqlik etishmadi.

82. Akakiga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasi muvaffaqiyatli chiqmadi.

79. Mahini raqibning qulay vaziyatini bartaraf etdi.

77. Palich qoidabuzarlikka yo'l qo'ynhgani uchun ogohlantirildi.

72. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish: Alisher Sanoev Murodbek Rahmatovni, Ilhom Vahobov esa SHerali Jo'raevni almashtirdi.

67. "Metallurg" tarkibida o'zgarish: Husniddin G'ofurov o'rniga Iskandar SHoyqulov tushirildi.

66. "Qizilqum" futbolchilari qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

64. "Metallurg"da ikki o'zgarish: Bektemir Abdumannonov Sardor Abduraimovni, Damir Temirov esa SHahzod Ubaydullaevni almashtirdi.

62. Kenjaboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, oqibatda raqib posboni to'pni qiyinchiliksiz egalladi.

61. Abrorbek Toshqo'ziev Kenjaboevning zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

59. Tarasovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

55. GOL! Husniddin G'ofurov 11 metrli nuqtadan "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi!


54. Penalti! Gurgenov Yaznando'stni jarima maydonida yiqitgani uchun ogohlantirildi.

51. "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. 

49. SHerali Jo'raev bo'sh darvozasini qo'li bilan ham ishg'ol qila olmagani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim O'rinboevning maydonga cho'kkalab qolishi bilan boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. Kenjaboevning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Rizo Yazdando'st  esa turkmanistonlik himoyachiga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

44. Yosovich o'ta qulay vaziyatda darvozaga to'g'ri zarba bera olmadi.

41. O'rinboev "Qizilqum" jarima maydoni chegarasida yiqitildi. Hakam VAR bilan maslahatlashmoqda.

39. Akakining uzatmasi to'g'ri Ortiqovning qo'lllariga borib tushdi.

35. Simonovskining zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi, "Metallurg" posboni to'pni egallab oldi.

33. Mahinining qo'pol xatosidan so'ng Simonovski 2-3 metr masofadan zarba yo'lladi, Ortiqov vaziyat qahramoniga aylandi, uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni kutishga yarim soatdan oshiqroq vaqt ketdi.

29. Kenjaboev o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, lekin Ortiqov o'z vaqtida to'pga chiqdi.

25. Akaki tezlik bilan qanotdan qochayotgandi, biroq yon hakam to'p maydonni tark etganiga ishora qildi.

22. "Qizilqum"da o'zgarish: Gurgenov jarohat olgan SHukurillaevni almashtirdi.

20. Toshqo'ziev raqib jarima maydoni tashqarisida yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini etirof etdi.

15. Kenjaboev raqib jarima maydonidagi palapartishlikdan unumli foydalanib ketishi mumkin edi, uning zarbasi rekoshet orqali darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

11. Kenjaboev tomonidan ajoyib pas qabul qilib olgan Marko Simonovskining zarbasi mo'ljalga etib bormadi.

10. Mezbonlar burchak to'pi ishlashdi, ammo standartni mehmonlar bartaraf etishdi.

7. O'rinboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

3. Kenjaboev hujumda eronlik raqibiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Qizilqum" oq, "Metallurg" ko'k rangli libosda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика