Coca Cola Superligasi. Qaysi jamoa maydon burchagidagi bayroqchani ko'proq bezovta qilgan?
10 iyu 2023 19:32
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. Qaysi jamoa maydon burchagidagi bayroqchani ko'proq bezovta qilgan?
Eng ko'p burchak zarbasi amalga oshirgan klublar haqida malumot berib o'tamiz.
Geometriyaga ishqibozlar yoqtiradigan nuqtadan eng ko'p standartni birato'la ikki klub amalga oshirgan — OKMK va "Buxoro". Ikkala jamoada ham 75 tadan urinish mavjud. "Nasaf"da esa bu ko'rsatkich 73 tani tashkil etadi.
Bu borada eng qoloq natijani "Qizilqum" qayd etgan. Navoiyliklar hisobida ingliz tilida talqin qilganda, 31 ta korner mavjud. "Bunyodkor" esa 35 ta urinishni amalga oshirgan.
Bir o'yinda eng ko'p burchak zarbasini esa "Navbahor" amalga oshirgan — 11 ta. Qiziq tomoni, ushbu ko'rsatkich "Buxoro"ga qarshi bahsda qayd etilgan.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar