So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Coca Cola Superligasi. Oktyabr oyi laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Oktyabr oyi laureatlari

"Championat.asia" ijodiy guruhi oktyabr oyining eng yaxshilarini aniqladi.



Oy darvozaboni - Abduvohid Nematov
Qarshining "Nasaf" klubi sentyabr oyida beshta o'yin o'tkazdi. Jamoa darvozaboni Abduvohid Nematov esa 4ta o'yinda maydonga tushdi va atigi bitta gol o'tkazib yubordi xolos. Posbon o'zining ishonchli harakatlari bilan jamoa g'alabalariga munosib hissa qo'sha oldi. SHu bois Abduvohid Nematov championat.asia talqiniga ko'ra oktyabr oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Etiborlisi sentyabr oyida ham Nematov eng yaxshi posbon bo'lgandi. 

Abduvohid Nematov oktyabr oyida o'tkazgan o'yinlari:

"Mashal" 4:1
AGMK 2:0
"Metallurg" 2:0
"Qo'qon-1912" 1:0




Oy goli - Marko Stanoevich

"Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich AGMK bilan bahsda ajoyib gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi chamasi 30 metrlardan belgilangan jarima to'pini to'g'ri darvozaga yo'lladi va chiroyli gol muallifiga aylandi. Championat.asia talqiniga ko'ra, Marko Stanoevich oktyabr oyidagi eng chiroyli gol muallifiga aylandi.





Oy futbolchisi - Bobir Abdixoliqov

Qarshining "Nasaf" klubi hujumchisi Bobir Abdixoliqov so'nggi oylarda juda ajoyib o'yin namoyish etmoqda. Oktyabr oyida futbolchi 5ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urishning uddasidan chiqdi. Bobir Qashqadaryo derbisi maqomidagi "Mashal" bilan bahsda dublga erishgan, Bekobodda "Metallurg"ga gol urgan va juda muhim bahsda "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qildi. Championat.asia talqiniga ko'ra Bobir Abdixoliqov oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.




Oy murabbiyi - SHota Arveladze
Kuzning ikkinchi oyida "Paxtakor" Superligada 4ta o'yin o'tkazdi va 4ta g'alabaga erishdi. "SHerlar" raqib darvozasiga 15ta gol urib, 2ta gol o'tkazib yuborishdi. "Paxtakor" dastlab "Qizilqum"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. So'ngra "So'g'diyona" taslim qilindi - 2:0. Keyin Termizda "Surxon" yirik hisobda tor-mor etildi - 6:0. Nihoyat oy oxirida Muborakda "Mashal" taslim qilindi - 4:1. Jamoa bosh murabbiyi SHota Arveladze haqli ravishda championat.asia talqiniga ko'ra oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Oktyabr oyida "Paxtakor" o'tkazgan o'yinlar:
"Qizilqum" 3:1
"So'g'diyona" 2:0
"Surxon" 6:0
"Mashal" 4:1

P.S. AGMK va "Bunyodkor" bilan o'yinlar noyabr oyida bo'lib o'tdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика