Coca Cola Superligasi. "Navbahor" penalti evaziga "Dinamo"ni mag'lub etdi
01 okt 2019 21:05
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. "Navbahor" penalti evaziga "Dinamo"ni mag'lub etdi
Uchrashuv har ikki jamoa azolarining maydondagi faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 2-daqiqasidayoq mezbonlarda hisobni ochish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Bu vaziyatda Azizbek Turg'unboevning mehmonlar darvozasi tomon yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. Oradan bir daqiqa o'tib yana "Navbahor" vakillarida gol kiritish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Mezbonlarning 16-raqamli futbolchisi Abdulhay Ismoilov yaqin masofadan yo'llagan zarbasini "Dinamo" posboni Botirali Ergashev mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi.
10-daqiqada samarqandliklarda ham mezbonlar darvozasini ishg'ol etish uchun imkoniyat yuzaga keldi,"Dinamo"ning 18-raqamli futbolchisi Abbos SHodmonovning uzatmasidan so'ng Amirjon Safarov to'pni "Navbahor" darvozasi tomon yo'lladi, bir oz noaniq.
Birinchi bo'limning 16-daqiqasida namanganliklar safida majburiy o'zgarish amalga oshirildi. O'yinning ilk daqiqalarida bir oz jarohat olgan Abdulhay Ismoilov o'rniga maydonga Muhammadjon Sultonov tushirildi. 20-daqiqada "Navbahor"ning legioner futbolchisi Aleksandr Kasyan tomonidan bosh bilan yo'llangan zarbani mehmonlar himoyachisi bartaraf etdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Sardor Eminovning zarbasini mezbonlar posboni O'tkir Yusupov egallab oldi. 34-daqiqada samarqandliklar o'z jarima maydonchalari yaqinida Aleksandr Kasyanga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. Natijada uchrashuvni boshqarib borayotgan hakam samarqandliklar darvozasiga jarima zarbasi belgilandi. Belgilangan jarima to'pini doimgidek Azizbek Turg'unboev amalga oshirdi, biroq uning zarbasini samarqandlik himoyachilar qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldilar.
Birinchi bo'lim so'ngiga qadar jamoalarda gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.
Ikkinchi bo'lim ham har ikki jamoa vakillarining hujumkor ruhdagi o'yini bilan boshlandi.
54-daqiqada "Navbahor" vakillari tomonidan tashkil etilgan hujumni mehmonlar posboni Botirali Ergashev qaytarib qoldi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida samarqandliklar o'z jarima maydonchalari ichida Aleksandr Kasyanga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. Natijada uchrashuvni boshqarib borayotgan bosh hakam SHerzod Qosimov 11-metrlik nuqtani ko'rsatdi. Belgilangan penaltini jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 1:0.
80-daqiqada mehmonlar futbolchisi Qadamboy Nurmetov maydondan chetlatildi. Natijada "Dinamo" futbolchilari maydonda 10 kishi qolishdi.
Uchrashuv shu tariqa "Navbahor"ning kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
19:15 - NAVBAHOR – DINAMO 1:0
Hakamlar: SHerzod Qosimov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Sanjar SHoyusupov (Toshkent), Husan Muzaffarov (Toshkent)
Nazoratchi: Konstantin Smirnov (Qarshi)
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Gol: Aleksandr Kasyan 71 penalti, - 1:0.
“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 8.SHahzod SHaymanov, 10. Azizbek Turg'unboev (91. SHerzod Hakimov, 62), 11. Aleksandr Kasyan, 15. Obid Jo'raboev, 16. Abdulhay Ismoilov (98. Muhammadjon Sultonov, 16) (95. Nodir Mavlonov, 79), 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban (s), 55. G'iyosjon Komilov, 99. Amirbek Jo'raboev.
Zaxiradagilar: 23. Dilshod Hamroev, 4. Aziz Ibragimov, 5. Slavko Lukich, 29. Hojiakbar Yunusov, 34. Komiljon Tojidinov, 7. Ayubxon Nomanov.
“Dinamo”: 1. Botirali Ergashev, 2. Mirkomil Loqaev, 4. Hakimjon Alamxonov, 7. Jasur Azimov (s), 10. Amirjon Safarov, 11. Qadamboy Nurmetov, 16. Bobur Qosimov (6. Akmal Xolmurodov, 57), 18. Abbos SHodmonov (27. Ixtiyor Toshpo'latov, 65), 20. Siroj Hamroev, 23. Sardorbek Eminov (34. SHohruhbek Abdurahmonov, 79), 24. Jasurbek O'rinov.
Zaxiradagilar: 22. SHohruhjon Raimov, 8. Timur SHaripov, 9. Nizomjon Norov, 21. Damir Temirov, 28. Obidjon Hakimov, 44. Dilmurod Karimov.
Ogohlantirishlar: Obid Jo'raboev 45, Akmal Xolmurodov 59, Jasurbek O'rinov 70, Muhammadjon Sultonov 75, Mirzohid G'ofurov 85, Jasur Azimov 89,
CHetlatish: Qadamboy Nurmetov 80.
Navbahor Aleksandr Kasyan - 71' |
Superliga. 21-tur 01/10/2019, 19:15 0
:
1
Tugadi
|
Dinamo |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar