So’nggi yangiliklar

02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  0 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  26 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Coca Cola Superligasi. "Lokomotiv" Andijonda yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Lokomotiv" Andijonda yirik g'alabaga erishdi

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 5-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to'pga Yovan Jokich zarba bergandi, sal noaniq ko'rinish oldi. 11-daqiqada Bahodirovning chap qanotdan "Loko" jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini Ignatiy Nesterov egallab oldi.

16-daqiqada Arslanmirat Amanovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Sardor Mirzaev bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq ketdi. 21-daqiqada Jamshid Iskanderov jarima maydoncha ichida to'pni qabul qilib olib, darvoza tomon zarba yo'llamoqchi bo'ldi, lekin himoyachilar bunga yo'l qo'ymadi. 

28-daqiqada Amanovning oshirgan to'pini Oston O'runov darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

29-daqiqada Dilshod Rahmatullaevning xatosidan so'ng to'p Oston O'runovga kelib tushdi. Uning zarbasini Mirniy qaytarib yubordi.

33-daqiqada Amanovning zarbasidan so'ng to'pni Mirniy qaytardi. 36-daqiqada Oston O'runov yaqin masofadan darvozaga zarba berd, to'pni yana Mirniy bartaraf etdi.

40-daqiqada Oleg Zoteevning uzatgan to'pini Jamshid Iskanderov darvozaga yo'lladi - 0:1. 

44-daqiqada Arslanmirat Amanovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi salgina noaniq ketdi. 

57-daqiqada Sardor Mirzaev yakkama yakka holatga chiqib ketdi. Mirniy jamoasini goldan qutqarib qoldi.

64-daqiqada Amanovning yo'llagan zarbasini Mirniy qaytardi. Qaytgan to'pga Islom To'htaxo'jaev zarba berdi. Lekin noaniq. 

68-daqiqada Oston O'runov raqib jarima maydonchasi ichida ikki himoyachini osonlik bilan aldab o'tib, darvozani ishg'ol etdi - 0:2.

70-daqiqada Arslanmirat Amanovning to'p uzatishidan keyin Sardor Mirzaev birga-bir vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan gol urdi - 0:3. 

79-daqiqada Davron Isoqov "Loko" jarima maydonchasi ichida to'pni egallab olib raqib darvozasiga zarba yo'lladi. Nesterov o'z o'rnida. 

80-daqiqada burchakdan oshirib berilgan to'pga Sardor Mirzaev zarba berdi, Mirniy to'pni arang qaytardi. 

89-daqiqada Ibrohim G'anixonovning zarbasini Mirniy qaytardi, qaytgan to'p Ildar Mamatkazinga tegib darvozaga kirib ketdi - 0:4. 

O'yinda "Lokomotiv" yirik 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. 


"ANDIJON" - "LOKOMOTIV" 0:4
24 noyabr. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 2538 tomoshabin.
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Jamshid Iskanderov 40, - 0:1 (Oleg Zoteev). Oston O'runov 68, - 0:2. Sardor Mirzaev 70, - 0:3 (Arslanmirat Amanov). Ildar Mamatkazin 89 avtogol, - 0:4.

"Andijon": Vitaliy Mirniy, Farhod Bekmuratov, SHahzod Ubaydullaev, Dilshod Rahmatullaev (Baxtiyor Qosimov, 63), Ildar Mamatkazin, Ro'zimboy Ahmedov (Farhod Mirahmatov, 71), Doniyor Ismailov, Qahramon Bahodirov, Xushnudbek Avilov (Davronbek Isoqov, 65), Abror Xusinov, Boburjon Akbarov.
Zaxira: Ruslan Matniyazov, Jalil Kimsanov, Robbim Hasanov, Abdulloh Olimov, Usmonali Ismonaliev, Doniyor Abdumannopov.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Davron Hoshimov, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Oston O'runov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Medina Smit, 87), Arslanmirat Amanov (Ibrohim G'anixonov, 78), Diyor Turopov (SHerzod Karimov, 75), Sardor Mirzaev.
Zaxira: Mamur Ikromov, Javohir Ilyosov, Azizbek Amonov, Javohir Sohibov, Avazbek O'lmasaliev,  Jaloliddin Jumaboev.


Andijon

Ildar Mamatkazin - 89'

Superliga. 24-tur

24/11/2019, 14:30

4
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Jamshid Iskanderov - 40', Oston O'runov - 68', Sardor Mirzayev - 70'

45'
90'
89'  Ildar Mamatkazin
40'  Jamshid Iskanderov
40'  Oleg Zoteyev
68'  Oston O'runov
70'  Sardor Mirzayev
70'  Arslanmirat Amanov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика