So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Coca Cola Superligasi. Karatindan so'ng dastlabki ikki tur tahlili Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Karatindan so'ng dastlabki ikki tur tahlili

SHunday qilib uch oylik tanaffusdan so'ng yana Superliga uzoq manzilga yo'lga chiqdi.

Superliga restartidan so'ng hozircha ikkita tur o'tkazildi va 25 iyundan 6-tur bahslariga start beriladi. Dastlabki ikki turda bir nechta chiroyli o'yinlar, shu bilan birga kutilmagan natijalar ham qayd etildi. 

Bazi jamoalarga karantin ijobiy tasir qilib, birdaniga o'zini o'nglab olgan bo'lsa, bazi klublar mushkul vaziyatga tushib qoldi. SHunga qaramay, mushkul holatda turgan jamoalarni ko'p ham tanqid qilmagan maqul, chunki karantindan so'ng endi ikkita tur ortda qoldi va oldinda o'yinlar ko'pligi bois vaziyatni o'nglash uchun vaqt bo'ladi.

Karantin qoidalariga amal qilinayotgan futbol

Eng muhimi, chempionatimiz karantin qoidalariga to'liq amal qilingan holda o'tkazilyapti. Har bir stadionda o'yin kuni dezinfekciya ishlari (maydon, kiyim almashtirish xonalari, hakamlar xonasi, matbuot anjumani zali va hokazo) olib borilyapti, jamoalar avtobusi o'yingohga bir necha daqiqa tavofut bilan tashrif buyurmoqda. Futbolchilar va murabbiylarning havo harorti muntazam tekshirilib, barcha maxsus sanitariya yo'lagidan o'tyapti.

SHuningdek, uchta urinishda besh nafargacha futbolchi almashtirishga ruxsat berilishi ayni muddao bo'ldi. Bu o'z navbatida jiddiy jarohatlar oldini oladi. O'yinning 25-daqiqasida futbolchilarga tomoq ho'llab olish uchun vaqt berilayotgani juda kerak edi. Maydon bo'ylab tupuk uchun maxsus idishlar qo'yilgani ham sanitariya qoidalariga mos tushadi. Bu bilan birinchidan maydon toza turadi, ikkinchidan shu orqali maydonga huda-behuda tupurish kabi chiroyli bo'lmagan odatga barham beriladi.


Muxlislarsiz futbol zerikarlimi? 

Superliganing 4-turidan oldin va keyin bir qator futbolchilar intervyu berib muxlislarsiz futbol baribir zerikarli bo'lishi haqida gapirdi. Bunga shubha yo'q. Masalan, Germaniya Bundesligasi yoki Angliya Premer-ligasini olaylik. U erda ishqibozlar bo'lmaganidan keyin o'yinlar ko'zga boshqacha ko'rinyapti. Televizorda yangrayotgan suniy shovqin bu faqat teletomoshabinlar uchun. Stadion esa siz va biz o'ylagandan ancha sokin holatda. 

Futbol avvalo muxlislar uchun. Lekin hozirgi sharoitda chempionat bo'sh stadionlarda davom etgani maqul. Agar o'yinning borishi va qayd etilayotgan natijalar bo'yicha olib qarasak, Superliga o'yinlari ancha qiziq ketayotgani ko'zga tashlanadi. Masalan, kim o'ylabdi deysiz "So'g'diyona"ning ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozonishini, bo'lib ham "Paxtakor" bilan "Lokomotiv"ni mag'lub etishini. Bu ketishda keyingi turlarda yanada kutilmagan natijalar qayd etilsa ajab emas.


Ketma-ket yutgan uch jamoa 

Oxirgi ikki turda 3ta jamoa qatorasiga ikkita o'yinda g'alabaga erishdi. Bular - "So'g'diyona", "Metallurg" va AGMK. "So'g'diyona" haqida yuqorida to'xtaldik. Bu jamoa oldin autsayderlar qatorida yurardi. Lekin Ulug'bek Baqoev jamoani qabul qilib olgach, jizzaxliklar ancha boshog'riq jamoaga aylandi. "So'g'diyona"ning "Paxtakor" va "Lokomotiv" ustidan g'alaba qozonishi bejiz emas. Bunda birinchi navbatda bosh murabbiy mehnati yotibdi. 

Toshkent viloyatining "Metallurg" klubi ham karantindan so'ng ikkita uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Qizig'i shundaki, bu jamoa har ikki g'alabasini safarda qo'lga kiritdi. Bekobodliklar dastlab Toshkentda "Lokomotiv"ni, so'ngra vodiyda "Andijon"ni mag'lub etishdi. SHuningdek, har ikki o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bunda ham bosh murabbiy Andrey SHipilovning mehnati katta desa bo'ladi. SHipilov  kurashuvchan jamoani tuza oldi. 

Ikkita g'alabaga erishgan yana bir klub bu AGMK. Mirjalol Qosimov shogirdlari oxirgi ikki turni 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashdi. Aftidan AGMK gol urishda qiynalayotganga o'xshaydi, lekin muhimi jamoa karantindan keyin qo'shimcha 6 ochko to'plab turnir jalvalining 3-pog'onasiga ko'tarilib oldi.


"Durangchi" "Nasaf" va "Mashal"

Vohaning ikki klubi "Nasaf" va "Mashal" ortda qolgan ikkita turni bir xil natija bilan yakunladi. "Nasaf" o'z maydonida "Navbahor" bilan 2:2 o'ynab, so'ngra Muborakda "Mashal"ga qarshi 0:0 qayd etdi. "Mashal" esa voha derbisiga qadar Termizda "Surxon" bilan 2:2 o'ynadi. Juda qiziq holat - 2:2 va 0:0, bu tomonda ham 2:2 va 0:0. 

Ikki yillik tanaffusdan so'ng yana Superligaga qaytgan "Mashal" hisobida hozircha bitta g'alaba bor. Muborakliklar dastlabki tur o'yinida "So'g'diyona"dan 3:0 hisobida ustun kelishgandi. "Nasaf"da esa g'alabalar soni uchtani tashkil qilyapti: Ro'ziqul Berdiev shogirdlari karantindan oldin "Qizilqum", "Andijon" va "Surxon"ni mag'lub etishgandi.


Faqat mag'lubiyat "Qizilqum" va "Lokomotiv"da 

Oxirgi ikkita turni o'z maydonida o'tkazgan "Lokomotiv" "Metallurg" va "So'g'diyona"ga imkoniyatni boy berdi. SHuningdek, "Qizilqum" ham ikkita o'yinda ochko yo'qotdi. Navoiyliklar uyda AGMK va safarda "Qo'qon-1912" qarshiligini enga olishmadi. 

"Lokomotiv"da bosh murabbiy kadrlar muammosiga duch keldi. Masalan, yil boshida jamoa to'liq tarkib bilan mashg'ulotlarni boshlagandi. So'ngra etakchi futbolchilar birin-ketin jamoani tark etishdi. Anzur Ismoilov "Paxtakor"ga o'tib ketgan bo'lsa, OCHL o'yiniga kam vaqt qolganida Jamshid Iskanderov Janubiy Koreyaga yo'l oldi. "Istiqlol" bilan o'yindan so'ng Sardor Mirzaev Tailand klubidan taklifni qabul qildi. Bu esa tabiiyki murabbiy rejalariga tasir o'tkazmay qolmadi. Yaqinda esa Oleg Zoteev ham klubni tark etdi. 

"Qizilqum"ga kelsak, bu jamoada murabbiy o'zgarib, Tachmurad Agamuradov jamoani qabul qilib oldi. Ko'rinib turibdiki, turkmanistonlik mutaxassisga ham o'zi xohlagan jamoani tuzish uchun vaqt kerak bo'ladi.


Boshqalar qanday holatda? 

"Paxtakor" Jizzaxdagi mag'lubiyat alamini "Bunyodkor"dan oldi. Toshkent derbisida maydon egalari 5:0 hisobida zafar quchishdi. 4-turda avtogol tufayli g'alabaga erishgan "Bunyodkor"ning o'tgan tur omadi kelmadi. 

"Navbahor" esa karantindan so'ng hozircha to'rt ochkoli bo'ldi. Safarda Nasaf bilan durang o'ynagan "lochinlar" uyda "Buxoro"ni qiyinchiliksiz mag'lub etishdi. "Buxoro"da ham hozircha vaziyat yaxshi emas, chunki jamoa chempionat boshidan beri g'alaba nashidasini surgani yo'q.

"Qo'qon-1912" o'z g'alabalarini faqat uy o'yinlarida qo'lga kirityapti. Uyda uch o'yin, uch g'alaba. O'tgan tur Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari "Qizilqum"ga umuman imkoniyat qoldirishmadi. 

Bu yilgi Superligada hali yutmagan yana bir jamoa "Andijon" bo'lib turibdi. "Burgutlar" hozircha ikki bor durang o'ynashning uddasidan chiqishgan. O'tgan ikki turda "Surxon" ham g'alaba qozona olmadi. Jamoa o'z maydonida "Mashal" bilan durang o'ynab, safarda AGMKga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика