So’nggi yangiliklar

09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  0 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  2 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  5 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  1 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  14 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  7 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  19

Coca Cola Superligasi. Bugun to'rtta o'yin bor Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Bugun to'rtta o'yin bor

Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan so'nggi to'rt o'yin bo'lib o'tadi.

15:15 - “Surxon” – “Navbahor”
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Husniddin SHodmonov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHohruh Said

Superligada ikki o'yindan buyon mag'lub bo'lmayotgan "Navbahor" Termizda o'tgan turda uchta o'yindan iborat g'alabali seriyasi tugagan "Surxon"ga qarshi o'ynaydi.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida 25 marta to'qnash kelishgan. 18ta uchrashuvda "lochinlar", 5ta bahsda termizliklar zafar quchishgan. Qolgan ikkita o'yinda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan.

Birinchi davrada o'tgan bahsda "Navbahor" o'z maydonida 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

Surxon

Superliga. 22-tur

19/10/2019, 15:15

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
29'  G'iyos Komilov



16:30 - “Dinamo” – “Paxtakor”
Hakamlar:
Ahrol Risqullaev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Marat Ismoilov

Muddatdan avval chempionlikka erishgan "Paxtakor" musobaqa jadvalining eng so'nggi pog'onasida borayotgan "Dinamo" mehmoni bo'ladi.

"SHerlar" bu mavsumda umuman yutqazmagan yagona klub bo'lib turishibdi. "Dinamo" esa 9ta turdan buyon faqat mag'lubiyat alamini totib ko'rmoqda. So'nggi bor Samarqand klubi 21 iyun kuni maydonni yutqazmay tark etgandi.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda Javohir Sidiqov va Jaloliddin Masharipovning urgan gollari "Paxtakor"ga g'alaba keltirgan edi - 2:0.

Ushbu klublar shu kunga qadar 47 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 36 marta "sherlar" zafar quchishgan, 6ta bahsda samarqandlilar g'olib bo'lishgan. Beshta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Dinamo" o'z uyida so'nggi bor 2010 yilgi mavsumda "Paxtakor"ni mag'lub etgandi. SHundan so'ng Samarqandda ketma-ket olti uchrashuvdan buyon "Dinamo" bu raqibni taslim qilolmay kelmoqda.

Dinamo

Bobur Qosimov - 28'

Superliga. 22-tur

19/10/2019, 16:30

4
:
1
Tugadi

Paxtakor

Igor Sergeyev - 45', Sardor Sobirxo’jayev - 45', Dostonbek Hamdamov - 75', Dostonbek Hamdamov - 82'

45'
90'
28'  Bobur Qosimov
45'  Igor Sergeyev
45'  Sardor Sobirxo’jayev
75'  Dostonbek Hamdamov
82'  Dostonbek Hamdamov



16:30 - “Lokomotiv” – “Buxoro”
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Ahmed Tillaev

Samvel Babayan boshchiligidagi "Lokomotiv" ushbu turda Muhsin Muhammadiev boshchiligidagi "Buxoro"ni mehmon qiladi.

"Buxoro" oxirgi beshta turda faqat bir marta mag'lub bo'ldi xolos. "Lokomotiv" esa etti turdan buyon hech kimga yutqazgani yo'q va so'nggi 4ta uchrashuvda raqiblar bilan bir xil 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Dastlabki davrada Buxoroda kechgan bahsda Arslanmirat Amanov va Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gollar "Lokomotiv"ga g'alaba keltirgan - 2:0.

O'zbekiston chempionatida bu ikki klub hozirga qadar o'zaro 29ta marta to'qnash kelishgan. 18ta uchrashuvda "temiryo'lchilar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan bo'lsa, 6ta o'yinda buxoroliklarning qo'li baland kelgan. Qolgan 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

Lokomotiv

Oleg Zoteyev - 64', Diyor Turopov - 90'

Superliga. 22-tur

19/10/2019, 16:30

0
:
2
Tugadi

Buxoro

45'
90'
64'  Oleg Zoteyev
90'  Diyor Turopov



17:30 - “Nasaf” – “Andijon”
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Rustam CHoriev
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Erkin Baxtiyorov

9-o'rindagi "Andijon" 7-o'rindagi "Nasaf" bilan o'ynaydi.

"Nasaf" Superligada so'nggi beshta turda umuman g'alaba qozona olmadi (1 durang va 4 mag'lubiyat). "Andijon" esa aksincha oxirgi uchta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (2 g'alaba va 1 durang).

Birinchi davrada Andijondagi o'zaro bahsda "Andijon" 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

Umuman olib qaraganda bu ikki klub O'zbekiston chempionatida jami 37 marta to'qnash kelishgan SHundan atigi 6tasida "Andijon" uch ochkoga ega chiqqan. 23 marta "ajdarlar" zafar quchishgan. Qolgan 8ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

Qarshida "Nasaf" 8ta o'yindan buyon "Andijon"ni mag'lub etib kelmoqda. 2007 yilda "burgutlar" bu jamoa maydonida durang o'ynashgan. "Andijon"ning Qarshidagi yagona g'alabasi 1999 yilgi mavsumda qayd etilgan.

Nasaf

Humoyun Murtozaev - 9', Humoyun Murtozaev - 64', Oybek Bozorov - 90'

Superliga. 22-tur

19/10/2019, 17:30

0
:
3
Tugadi

Andijon

45'
90'
9'  Humoyun Murtozaev
9'  Aziz G'aniyev
64'  Humoyun Murtozaev
90'  Oybek Bozorov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика