So’nggi yangiliklar

18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   2 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  5 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0

Coca Cola Superligasida bugun 24-tur tugaydi Yangiliklar

Coca Cola Superligasida bugun 24-tur tugaydi

Bugun Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan so'nggi 3ta bahs bo'lib o'tadi.



"ANDIJON" - "LOKOMOTIV"
24 noyabr. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 14:30
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Alisher Fayziev

Superligada 9ta o'yindan buyon hech kimga yutqazmayotgan, ikkinchi o'rindagi "Lokomotiv" oxirgi ikki uchrashuvda g'alaba qozona olmagan "Andijon" mehmoni bo'ladi.

Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida o'zaro 21ta o'yin o'tkazgan. 14ta uchrashuvda "Lokomotiv", to'rtta o'yinda "Andijon"ning qo'li baland kelgan. Yana uchta bahsda durang qayd etilgan. "Andijon" o'z maydonida oxirgi to'rtta uchrashuvda "Lokomotiv"ga to'rt marta mag'lub bo'lgan. So'nggi marta "burgutlar" 2010 yilgi mavsumda Andijonda "temiryo'lchilar"ni mag'lub etishgandi.

Bu ikki jamoaning o'zaro oxirgi 8ta uchrashuvida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Lokomotiv" 8 marta g'alaba qozongan.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" 4:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Anzur Ismoilov, Igor Yelich, Temurxo'ja Abduxoliqov va Jamshid Iskanderov "burgutlar" darvozasini ishg'ol qilishgandi.

Andijon

Ildar Mamatkazin - 89'

Superliga. 24-tur

24/11/2019, 14:30

4
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Jamshid Iskanderov - 40', Oston O'runov - 68', Sardor Mirzayev - 70'

45'
90'
89'  Ildar Mamatkazin
40'  Jamshid Iskanderov
40'  Oleg Zoteyev
68'  Oston O'runov
70'  Sardor Mirzayev
70'  Arslanmirat Amanov




"SURXON" - "SO'G'DIYONA"
24 noyabr. Termiz. "Surxon" stadioni. 14:30
Hakamlar
: Viktor Serazetdinov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Erkin Baxtiyorov.

Bronza medalini qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan "So'g'diyona" uchinchi o'rin uchun nazariy imkoniyatga ega bo'lgan "Surxon" mehmoni bo'ladi.

"Surxon" uchta turdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda (bir durang va ikki mag'lubiyat).

"So'g'diyona" esa oxirgi ikki uchrashuvda ikki marta g'olib bo'ldi va o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmadi.

Tarixga etibor qilsak o'zaro 23ta uchrashuvning 10tasida "Surxon", 10tasida "So'g'diyona" g'olib bo'lgan. Qolgan uchta bahsda durang kuzatilgan.

Termizda o'tgan o'zaro bahslarda "So'g'diyona" uch marta g'alaba qozongan. So'nggi marta 2001 yilda Jizzax klubi "Surxon" maydonida 3 ochkoni qo'lga kiritgan ekan.

Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan bahsda "Surxon" yirik g'alabani tantana qilgandi. SHavkat Salomov dublga erishgan bo'lsa, yana bita golga SHerzod Hakimov mualliflik qilgandi - 3:0.

Surxon

Darko Stanoyevich - 63'

Superliga. 24-tur

24/11/2019, 14:30

0
:
1
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
63'  Darko Stanoyevich




"BUNYODKOR" - "NAVBAHOR"
24 noyabr. Toshkent. "Bundkor" stadioni. 16:45
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Aliboev, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" o'z maydonida Andrey Kanchelskis boshqarayotgan "Navbahor"ni qabul qiladi. "Bunyodkor" uchinchi o'rin uchun kurashmoqda. "Navbahor"da ham bronza medali uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib turibdi.

"Lochinlar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 4ta, "qaldirg'ochlar"ning mag'lubiyatsiz seriyasi esa 2ta o'yinni tashkil etmoqda.

Bu jamoalar hozirga qadar 27ta bahsda maydonga tushishgan. Ustunlik "Bunyodkor" tomonida. "Qaldirg'ochlar" 18ta uchrashuvda g'olib bo'lishgan, 4ta bahsda "lochinlar" zafar quchishgan. Qolgan 5ta o'yinda g'olib aniqlanmagan.

"Bunyodkor" o'z maydonida hech qachon bu jamoaga yutqazmagan - 11ta g'alaba va 2ta durang.
"Navbahor"ning uy stadioni tamirlanayotgani bois bu jamoalar o'rtasidagi birinchi davradagi bahs Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilgan edi. "Lochinlar" tarkibida Aleksandr Kasyan va Abbos G'ulomov gol urishgan, "qaldirg'ochlar" safida Jasur Jaloliddinov va Xurshid G'iyosov (ikkita) to'p kiritishgandi - 2:3. Uchrashuv so'nggida Kasyan penaltidan gol ura omaganini qo'shimcha qilish lozim.

Bunyodkor

Nurillo To'xtasinov - 9', Xurshid G’iyosov - 67'

Superliga. 24-tur

24/11/2019, 16:45

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Azizbek Turg’unboyev - 34'

45'
90'
9'  Nurillo To'xtasinov
9'  Sanzhar Qodirqulov
67'  Xurshid G’iyosov
34'  Azizbek Turg’unboyev



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика