So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  3 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  3 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  5 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  18 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  10

Coca Cola Superligasi. Bugun 22-tur start oladi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Bugun 22-tur start oladi

Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan dastlabki uchta o'yin bo'lib o'tadi.


15:15 - “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Ziyodulla Abdurahmonov, Anvar Marajabov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Oybek Yunusov

Oxirgi 4ta turda umuman g'alaba qozona olmagan "Qizilqum" safarda ikki uchrashuvdan buyon yuta olmayotgan "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi.

Dastlabki davrada Navoiyda kechgan uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Murod Xolmuhammedov tomonidan urilgan gol vodiy klubiga g'alaba taqdim etandi - 1:0.

O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak 17ta uchrashuvning 10tasida Navoiy shahri klubi g'olib bo'lgan, 6ta bahsda "Qo'qon-1912" zafar quchgan va bitta o'yinda duran kuzatilgan.

O'zaro uchrashuvlarning oxirgi ikkitasida "Qo'qon-1912" ikkita g'alabaga erishgan.

Qo’qon-1912

Hamidullo Abduhamidov - 29'

Superliga. 22-tur

18/10/2019, 15:15

2
:
1
Tugadi

Qizilqum

Salim Mustafoyev - 45', Stiven Lustica - 68'

45'
90'
10'  Jahongir Ahmadov
26'  Marko Milich
29'  Hamidullo Abduhamidov
29'  Suhrob Berdiyev
29'  Iqbol Malikzhonov
54'  Temur Hakimov (Xojimat Erkinov)
62'  Suhrob Berdiyev (Shahboz Erkinov)
77'  Shahboz Erkinov
88'  Hamidullo Abduhamidov (Otabek Haydarov)
13'  Stiven Lustica
34'  Mate Vatsadze
45'  Salim Mustafoyev
45'  Vohid Shodiyev
46'  ZHahongir Husanov (Doston Ibragimov)
59'  Vohid Shodiyev (Ruslan Margiev)
68'  Stiven Lustica
77'  Lasha Totadze
90'  Mate Vatsadze (Fayzullo Qambarov)



17:30 - “Bunyodkor” – AGMK
Hakamlar:
Akobir SHukurullaev, Ruslan Serazetdinov, Andrey Capenko, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov to'qnashuvi.

Yaqindagina O'zbekiston kubogi yarim finalida to'qnash kelgan klublar endi Superliga doirasida o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Birinchi davrada Olmaliqda o'tgan bahsda Lutfulla To'raev tomonidan urilgan gol "Bunyodkor"ga g'alaba keltirgandi - 1:0.

Bu ikki klub O'zbekiston chempionatida hozirgacha o'zaro 23ta o'yin o'tkazishgan. 16ta bahsda "qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishgan. Ikki uchrashuvda Olmaliq jamoasi muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa yana besh uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

"Bunyodkor" O'zbekiston chempionatida bu jamoaga 12ta uchrashuvdan buyon, xoh uyda, xoh safarda bo'lsin, yutqazmay kelmoqda.

AGMK bu raqib maydonida hech qachon g'alaba qozona olmagan - 2 durang va 9 mag'lubiyat.

Bunyodkor

Superliga. 22-tur

18/10/2019, 17:30

2
:
0
Tugadi

OKMK

Murodjon Toshmatov - 29', Boburbek Yuldashev - 45'

45'
90'
29'  Murodjon Toshmatov
45'  Boburbek Yuldashev
45'  Murodjon Toshmatov
52'  Saidullo Rahmatov
54'  Erkin Baydullaev



17:30 - “Metallurg” – “So'g'diyona”
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Sardor Qudratullaev

Uchta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotgan va raqib darvozasiga gol ura olmayotgan "So'g'diyona" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ladi.

Birinchi davrada Jizzaxda o'tgan o'zaro o'yinda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Bu jamoalar o'rtasidagi 35ta o'yinning 14tasida "Metallurg" g'olib chiqqan. Qizig'i "So'g'diyona"ning g'alabalari soni ham aynan 14ta. Qolgan 7ta bahsda durang kuzatilgan.

"Metallurg" oxirgi uch yilda Bekobodda bu raqibni uch marta mag'lub etgan. So'nggi marta "So'g'diyona" ushbu jamoa maydonidan 2015 yilda 3 ochko bilan qaytgan.

Metallurg

Superliga. 22-tur

18/10/2019, 17:30

1
:
0
Tugadi

So'g'diyona

Sanjar Rashidov - 37'

45'
90'
37'  Sanjar Rashidov
37'  Jasur Hasanov O

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика