So’nggi yangiliklar

18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  15 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  5 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  8 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  5 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  1 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   1 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  4

Coca Cola Superligasi. Birinchi davra yulduzlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Birinchi davra yulduzlari

Kecha O'zbekiston chempionatida birinchi davra o'yinlari rasman yakuniga etdi.

Jamoalar iyul oyi oxiriga qadar tatilga chiqishdi. Biz ortda qolgan davrada qolganlarga nisbatan yorqinroq o'ynagan futbolchilarni yodga olamiz.


1.Silvanus Nimeli
Klubi:
"Surxon"
Ampluasi: Hujumchi
Fuqaroligi: Liberiya
Statistikasi: 13ta o'yin, 6ta gol, 4ta samarali harakat
Tug'ilgan sana: 04.09.1998


Yil boshida Termizning "Surxon" klubi o'z safiga liberiyalik 24 yoshli hujumchini qo'shib oldi. Ko'pchilik bu yigitcha O'zbekistonda o'zini qanday namoyon etishiga qiziqqandi. Ilk rasmiy o'yindayoq Nimeli OKMK darvozasini ishg'ol qila oldi, o'shanda ko'pchilik shoshmaylik bitta gol hali hech narsa degani emas degandi. Biroq keyingi bahslarda ham Silvanus jamoasiga muhim gollar va golli uzatmalar orqali yordam berishda davom etaverdi. Qarshi hujumlarda benazir bo'lgan Nimeliga bo'sh zona qoldirilsa tamom, chaqqon harakatlar bilan raqib jarima maydoni ichida paydo bo'ladi hamda gol uradi yoki kamida penalti ishlaydi. Birinchi davradagi 13ta o'yinda 6ta to'p kiritgan va 4ta samarali harakatni amalga oshirgan Nimeliga boshqa klublar ham "og'iz solishayotgani" haqida xabarlar chiqdi. Bu tabiiy holat. Termiz klubi uni jamoada saqlab qolsa, O'zbekistonga to'la moslashib bo'lgan liberiyalik futbolchi ikkinchi davrada foydali harakatlarni yanada ko'proq amalga oshirishini kutishimiz mumkin.




2. Zenan Zaymovich
Klubi
: "So'g'diyona"
Ampluasi: Hujumchi
Fuqaroligi: Belgiya
Statistikasi: 12ta o'yin, 6ta gol
Tug'ilgan sana: 11.11.1994

Belgiyalik hujumchi Jizzaxning "So'g'diyona" klubida paydo bo'lganida ko'pchilik darhol undan gollar kuta boshladi. Biroq dastlabki beshta turda Zaymovich nomi hech qaysi stadion tablosida ko'rinish bergani yo'q. SHundan keyin "So'g'diyona" uchun bu xato transfer, navbatdagi chet el xo'rozqandlaridan biri deb o'ylay boshladik. Ammo Ivan Boshkovich kelganidan keyin Zenan "uyg'ondi" va ketma-ket 5ta turda raqiblar darvozasiga 6ta gol urishga erishdi. Zaymovich gol ura olmagan beshta turda "So'g'diyona" umuman g'alaba qozona olmagan bo'lsa, Zaymovich to'p kiritgan 5ta turda Jizzax klubi 4ta g'alabani qo'lga kiritdi. Etiborlisi oxirgi 3ta turda ham Zaymovich gol ura olmadi va jamoasi yana g'alaba qozona olmadi.




3. Oston O'runov
Klubi:
"Navbahor"
Ampluasi: Yarim himoyachi
Fuqaroligi: O'zbekiston
Statistikasi: 12ta o'yin, 5ta gol, 1ta golli uzatma
Tug'ilgan sana: 19.12.2000

Rossiyadagi bir necha yillik u qadar omadli bo'lmagan faoliyatidan keyin yana O'zbekistonga qaytgan Oston O'runov yana yoshligini esladi. Birinchi davrada "Navbahor"ning eng muhim figuralaridan biriga aylangan O'runov ayniqsa "Bunyodkor" bilan bahsda "yorvordi". O'z fintlari va to'p uzatishlari orqali jamoa g'alabalariga hissa qo'shib kelayotgan Oston dastlabki davrada 5ta gol urishga erishdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. U faqat so'nggi turda kichik jarohati tufayli maydonga tushgani yo'q.



4.Husniddin Aliqulov
Klubi:
"Nasaf"
Ampluasi: Himoyachi
Fuqaroligi: O'zbekiston
Statistikasi: 13ta o'yin, 5ta gol
Tug'ilgan sana: 04.04.1999

O'zbek "Serxio Ramos"i uchun birinchi davra ajoyib o'tdi. Markaziy himoyadagi o'z vazifalaridan tashqari zarur hollarda markaziy hujumchiga aylanadigan Aliqulov "Nasaf"ga bir necha muhim g'alabalarni keltirdi. "Turon", "Buxoro" va OKMK darvozalariga bittadan to'p kiritgan himoyachi, "Olimpik" bilan bahsda dublga erishdi. Bugungi kunda himoyachilar orasida ikkinchi qavatdagi kurashlarda benazir futbolchi aynan Aliqulov hisoblanadi.




5.Suhrobjon Sultonov
Klubi:
"Bunyodkor"
Ampluasi: Darvozabon
Fuqaroligi: O'zbekiston
Statistikasi: 13ta o'yin, 4ta "quruq o'yin", 3ta penalti qaytargan
Tug'ilgan sana: 26.03.1990

Birinchi davraning eng yaxshi darvozabonlaridan biri "Bunyodkor" posboni Suhrobjon Sultonov bo'ldi. Ha, "Bunyodkor" birinchi davrani 8-o'rinda yakunlashdi, ha Sultonov 13ta o'yinda 16ta gol o'tkazib yubordi. Lekin agarda Sultonov darvozada turmaganida "qaldirg'ochlar" hozir ligada qolish uchun kurashayotgan jamoalar orasida bo'lishi mumkin edi. Posbon "So'g'diyona", "Andijon", "Turon" va "Buxoro" bilan o'yinlarda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Sultonov Ildar Mamatkazin ("Andijon"), SHerzod Nasrullaev ("Nasaf") va Islom Kenjaboevning ("Qizilqum") 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbalaridan keyin jamoasini goldan qutqardi.




6.Rubin Xebay
Klubi:
"Andijon"
Ampluasi: Hujumchi
Fuqaroligi: Albaniya
Statistikasi: 11ta o'yin, 9ta gol, 2ta golli uzatma
Tug'ilgan sana: 30.07.1998

Birinchi davraning eng yorqin kashfiyotlaridan biri Rubin Xebay bo'ldi. Yil boshida "burgutlar" bilan ikki yillik shartnoma tuzgan albaniyalik hujumchi Superligada 11ta o'yinda maydonga tushdi va 8ta o'yinda samarali harakatni amalga oshirdi. Ilk turda "Nasaf" bilan bahsda zaxiradan maydonga tushgan Xebay Sardor Abdunabievga golli uzatmani amalga oshirdi va "Andijon" safardan sensacion g'alaba bilan qaytgandi. "Surxon" bilan bahsda Xebay hakam bilan tushunarsiz so'zlashuvdan keyin qizil kartochka olib ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. "Metallurg" bilan bahsda raqiblar darvozasiga uchta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan Rubin uchun golli seriya boshlandi. SHundan keyin u "So'g'diyona", OKMK, "Qizilqum", "Turon", "Buxoro" va "Paxtakor" bilan o'yinlarda ketma-ket 7ta bahsda gol urishga erishdi. SHunday qilib, Xebay birinchi davrada Superligada 11ta bahsda 9ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Oxirgi uch yilda Superligamizda to'purar bo'lib kelayotgan Dragan CHeran ham birinchi davrada aynan 9ta gol urdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика