So’nggi yangiliklar

18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  3 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  8 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  4

Coca Cola Superligasi. Avgust oyi laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Avgust oyi laureatlari

"Championat.asia" ijodiy guruhi yakunlangan avgust oyining eng yaxshilarini aniqladi.



Oy darvozaboni - Ignatiy Nesterov
Navoiyning "Qizilqum" klubiga ko'chib o'tgan tajribali posbon Ignatiy Nesterov avgust oyida 4ta o'yinning barchasida maydonga tushdi va jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. Mana shu to'rt o'yinda o'z darvozasidan 3ta gol o'tkazib yubordi. "Bunyodkor"ga qarshi bahsda Nesterov penaltidan gol o'tkazdi. SHu bois Ignatiy Nesterov championat.asia talqiniga ko'ra avgust oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.



Oy goli - SHerzod Karimov

Termizning "Surxon" klubi 10-turda "Navbahor"ga qarshi o'ynadi. Uchrashuvda hisobni SHerzod Karimov tomonidan urilgan gol ochib berdi. Karimov burchakdan to'pni to'g'ri raqib darvozasiga joylab qo'ydi va haqli ravishda oy goli sifatida etirof etildi.




Oy futbolchisi - Oybek Bozorov

"Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Bozorov avgust oyida juda ham ajoyib o'ynadi. Yozning so'nggi oyida Bozorov 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi. Bundan tashqari barcha uchrashuvlarda raqib himoyachilariga haqiqiy bosh og'riq bo'la oldi. Bozorov o'sishdan to'xtab qolmasa yaqin orada terma jamoamizning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishiga shubha yo'q. Championat.asia talqiniga ko'ra Oybek Bozorov avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.





Oy murabbiyi - SHota Arveladze
Avgust oyida "Paxtakor" 4ta o'yin o'tkazdi va barchasida g'alabaga erishdi. "SHerlar" 16ta gol urib atigi 2ta gol o'tkazib yuborishdi. Har uch kunda o'ynab umuman ochko yo'qotmagan "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze championat.asia talqiniga ko'ra avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика