So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Coca Cola Superligasi. 23-tur laureatlari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. 23-tur laureatlari

Coca Cola Superligada 23-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Saytimiz o'z annasiga sodiq qolgan holda tur laureatlarini aniqladi. 


"Paxtakor" darvozaboni Eldorbek Suyunov yakunlangan turda "Qo'qon-1912" bilan bahsda ajoyib o'ynadi. Qo'qonliklarning ko'plab hujumlari va zarbalaridan keyin Suyunov jamoasini gollardan qutqarib qoldi va haqli ravishda championat.asia talqiniga ko'ra 23-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Navbahor" hujumchisi Zabihillo O'rinboev "Surxon" bilan bahsda chiroyli gol urishga muvaffaq bo'ldi. Islom Rashidxonov uzatgan to'pni egallab olgan hujumchi jarima maydoni tashqarisidan darvozabonning ustidan darvozaga joylab qo'ydi. SHu tariqa Zabihillo O'rinboevning goli Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.





Bu turda "Lokomotiv" o'z maydonida AGMKni qabul qildi. Unda "Temiryo'lchilar" birinchi taym so'nggida gol o'tkazib yuborishdi va hisobda ortda qola boshlashdi. Zaxiradan maydonga tushgan tajribali Marat Bikmaev dastlab penaltidan so'ngra hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda o'yindan gollar urib "Lokomotiv"ga irodali g'alabani keltirdi - 2:1. SHu bois Championat.asia talqiniga ko'ra Marat Bikmaev 23-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Bu tur "So'g'diyona" Jizzaxda ikkinchi o'rinda borayotgan "Nasaf"ni qabul qilib 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Kumush medallar uchun kurash olib borayotgan "Ajdarlar"ni mag'lub etgan "So'g'diyona" shu kuni juda yaxshi o'ynadi. Championat.asia talqiniga ko'ra jizzaxliklar ustozi Ulug'bek Baqoev 23-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика