So’nggi yangiliklar

14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  0 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  3 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  7 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  9 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  47

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar Yangiliklar

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar

Mavsum davomida bosh murabbiylar tomonidan bildirilgan esda qolarli jumlalarni yodga olamiz.

Maksim SHackix ("Paxtakor" bosh murabbiyi)

Bugun ishtiyoq taraflama yutqazdik. Xuddi katta professor, akademiklardek maydonga tushdik. 

Hozir hamma futbol o'ynashni biladi, shunchaki maydonga chiqib, g'alaba qozona olmaysiz. 

"Paxtakor" — terma jamoalar homiysi. 

Men har doim hamma narsa o'z vaqtida bo'lishi tarafdoriman.

Mashg'ulot jarayoni to'g'rilashingiz kerak bo'lgan muammo bo'lmasa, mashg'ulot olib borish zerikarli bo'lib qoladi.

Hozirgi vaqtda hech kimni oson mag'lub eta olmaymiz, xoh u etakchi bo'lsin, xoh autsayder.

Biz o'zimizga qiyinchilik yaratishni yaxshi ko'ramiz. SHunchaki maydonga chiqib, g'alaba qozonish qiziq emas. Qanadaydir ekzotik narsa o'ylab topish kerak.

SHunday o'yinlar bo'lib turadi, to'p darvozaga kirmaydi.

Hozir tomoshabop o'yindan 3 ochko muhimroq.

Legioner degani doimo o'ynashi kerak degani emas. Barchasi sog'lom raqobatga bog'liq. Kim ayni damda kuchli bo'lsa, o'sha o'ynaydi. U legioner bo'ladimi yoki mahalliy, buning farqi yo'q. 5 nafar legionerning barchasi o'ynashi kerak degan gap yo'q.

Meni xavotirga solayotgan yagona holat — har uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz. Oxirgi marta gol o'tkazmagan o'yinimizni eslay olmayman.

Siz meni "Paxtakor" chempion bo'lishiga ishonmaydi deb o'ylayapsizmi? Agar ishonmasam, klubda ishlamayotgan bo'lardim. 

Birinchi taymda ko'p vaqt cho'zilishi bo'ldi. Tibbiyot xodimlari maydonga tushdi. Lekin shunga qaramay, hakam faqat 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi, xolos. Nimaga bunday yoki bizni sekundomerlarimiz boshqachamikin?

Biz eng kuchli jamoamiz, bizni hech bir raqib mag'lub eta olmaydi.

Biz Suares va Kavani bilan muzokara olib bordik. Lekin bir narsani tushuninglar, ko'pgina yaxshi futbolchilarning O'zbekistonga kelishi qiyin masala. Yulduz futbolchini olib kelish muammo emas, ammo uni taminlash kerak. Top futbolchining yonida uning darajasiga teng jamoadoshlari bo'lishi kerak. Masalan, Messi jamoadoshlarisiz ham bemalol o'ynay oladi. Qolganlar esa unday emas. "Paxtakor" top futbolchini O'zbekistonga bemalol olib kela oladi, ammo bunga to'sqinlik qiladigan bir nechta muammolar bor. Yulduz futbolchi top darajadagi sharoit bo'lishini istaydi.

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi)

22 yoshli futbolchilarni yosh desak, xato qilgan bo'lamiz. Katta ligalarda 17-18 yoshli futbolchilar xotirjam futbol o'ynamoqda. 

Ko'pincha terma jamoalar yig'inidan so'ng jamoamiz o'yinida pasayish kuzatiladi. 

O'zi futbolda aytishadi-ku, gollarning 50 foizi standartlardan uriladi.

Hakamni muhokama qilmoqchi emasman. Lekin, hakamlar o'yindagi eng muhim insonlar. 

Biz "ajdar" bo'lib qolamiz. Har ikki logotip ostida o'ynashning farqi yo'q. Avval ham xumo qushi logotipida o'ynaganmiz, ajdar tasvirida ham. Muhimi, "Nasaf" har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqadi.

Siz mutaxassis emassiz. Futbolning qanday o'ynalayotgani tasavvuriga ham ega bo'lmaysiz. Har bir o'yinimizni etibor berib qarasangiz, raqib jamoadan ko'ra mazmunliroq o'ynaymiz. Buni mutaxassislar, futbolchilar yaxshi bilishadi va takidlashadi. Siz jurnalistsiz jamoani bunday muhokama qilish sizga emas.

Zamonaviy futbolda standartdan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Juda ko'p o'yinda standartdan foydalanish zaruratga aylandi. Bugungi kun futbolida jamoalar, asosan, himoyaviy o'yin ko'rsatishni boshlamoqda. SHuning uchun standart vaziyatlar juda muhim bo'lib qoldi. 

Har qanday holatda ham inson o'zida mag'lubiyatni qabul qilish uchun kuch topa olishi kerak.

Vice-chempionlik va ikkita kubokni qo'lga kiritish - biz uchun tarixda bo'lmagan holat. Buni takrorlash ham juda qiyin. SHu sababli hech shubhalanmasdan ushbu mavsum "Nasaf" uchun eng omadlisi bo'ldi deya olaman.

Samvel Babayan ("Navbahor" bosh murabbiyi)

Biz syurpriz qiladigan jamoa emasmiz. Biz muxlislarimizni xursand qiladigan va natija ko'rsatadigan jamoamiz.

O'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan jamoa bunday o'yinlarda birinchi daqiqadan boshlab, so'nggi soniyalargacha diqqatni jamlab o'ynashi kerak.

"Bunyodkor"ga qarshi birinchi bo'lim 2023 yilda "Navbahor" o'tkazgan eng zo'r taym bo'ldi. Mana shu taym qanday o'ynash kerakligi uchun etalon hisoblanadi.

"Navbahor" har kuni jamoani qanday kuchaytirish haqida o'ylaydi. Biroq, bizda ham malum imkoniyatlar bor va biz bu chegaradan chetga chiqa olmayman. 

"Paxtakor"da o'yin uslubi yo'q. Jamoani faqatgina bir inson qutqarmoqda — Dragan CHeran.

To'g'risini aytsam, yigitlarni nima sababdan tergashni bilmayman. To'p darvozaga kirmayapti.

Jamoaning o'yini bir futbolchiga bog'lanib qolishi yaxshi emas.

Jamoaviy o'yin qurish uchun birinchi navbatda taktik uslub, falsafa va chiziqlar bog'lamligi bo'lishi kerak. Bunday jihatlar jamoada bo'lmasa o'yin sifati ham bo'lmaydi.

Bugun "Navbahor"ning zamonaviy tarixidagi barcha bor narsa viloyat hokimi tufayli. Oldimizdagi maqsadni u aniqlab beradi. "Navbahor" bu mavsum nafaqat Osiyo balki dunyodagi mavqeini tiklab oldi.

Kelasi yili yoshlarga etibor qaratamiz. Vazifamiz shunday bo'larkan, tarkibga butun O'zbekistondan yoshlarni jalb qilamiz. Boshqa klublar bilan biz ham rivojlanayotganimiz borasida raqobatlashamiz.

Mirjalol Qosimov (OKMK bosh murabbiyi)

SHogirdlarimga "Allohdan boshqa hamma xato qiladi, lekin xulosa chiqarish senlardan", deyman. 

O'tgan yilgi "Neftchi" bilan bu yilgi "Neftchi" o'rtasidagi farq? Kecha nima ovqat edingiz deb so'rang oldin.

Maqsad bo'lmasa, ishlashning hojati yo'q. 

Futbol hech kimni kechirmaydi. Futbolchilar bir soniyaga xotirjamlikka berilsa, bo'ldi tamom. Bir o'yinni eslatib o'tsam, 1989 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak final bahsida Nigeriyaga qarshi bahs o'tkazganmiz. 4:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik, uchrashuv yakunlanishiga 25 daqiqa qolgan edi. Xotirjamlik berilganimizdan so'ng 4:4 hisobida uchrashuvni yakunladik va penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandik. O'sha uchrashuvdan so'ng ruhiy holatimni to'g'irlash uchun 24 kun shifoxonada davolanganman.

Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to'g'rimi? O'yin boshlanishi bilanoq "Turon" juda zo'r avtobus qo'ydi.

Men har doim yigitlarga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etish kerakligini uqtiraman. Mag'lub bo'lsak ham, maydoni "mag'rur" bo'lib tark etishimiz kerak.

Hozir hamma futbolning mutaxassisi bo'lib ketyapti. Ammo hayotida hali biror futbolchini almashtirmagan. 

Moskva ham bir kunda qurilmagan. Bu mag'lubiyat bilan bizni erga urib tashlashni keragi yo'q. Tilni suyagi yo'q.

Men hech qachon boshqa raqibga qarshi o'yin oldidan umuman boshqa jamoaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmayman.

Biz har doim g'alaba uchun o'ynaymiz. Lekin har doim maqsadga erishish imkonsiz. Rus maqoli borku: "biz maqsad qilamiz, Xudo amalga oshiradi". Bugun durang bo'lishi kerak bo'lgan ekan va shunday natija bo'ldi, lekin bir ochko Afrikada ham bir ochko sanaladi.

Bugun omad bizga kulib boqdi, negaki, o'zimiz istagan o'yinni namoyish eta olmadik.

Vitaliy Levchenko ("Neftchi" bosh murabbiyi)

"Neftchi" muxlislaridan Sobiq Ittifoq davridan beri barchaga malum bo'lgan muxlislik madaniyatini kutib qolamiz. "Neftchi" muxlislari futbolni sevishadi va yaxshi tushunishadi.

Yaxshi hujumchilarni O'zbekistonda o'ynashga ko'ndirish oson kechmaydi.

Futbol joyida turmayapti. Barcha o'ylamoqda, taxlil qilmoqda, o'rganmoqda.

Bugun bayram ekan, nega penalti qo'ymaslik kerak?

Balki kuchli uchlik yurganimiz kimlargadir yoqmayotgandir.

Qachonki gol ursangiz, xayolingizda g'alaba haqida o'ylashni boshlab yuborasiz. Muammo aynan shunda.

Legionerlar tarkibimizdagi futbolchilardan kuchliroq bo'lishi va asosiy tarkib uchun kurashishi kerak.

Biz futbolchilarning mahoratiga emas, jamoaviy o'yinga tayanamiz. 

Adhamzoda bu kabi vaziyatlardan har safar foydalanganda, hozir u "Real"da bo'lardi.

Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, natija o'sha tomonda bo'ladi.

SHaxsiy fikrimdan kelib chiqib, o'zbekistonlik hamkasblarimdan Ro'ziqul Berdievni eng yaxshi murabbiy deb aytgan bo'lardim.

Biz chempionlik poygasini tark etmadik. Bizni kurashdan chiqarib yuborishdi. Men kim "Neftchi"ni to'xtatmoqchiligini bilaman va kim ushbu ishlarni boshqarayotganini bilaman, biroq kimligini ayta olmayman.

Bizning eng yaxshi o'yinlarimiz hali oldinda. Eng yomon o'yinimizni esa hali taxlil qilmadik. Qachonki taxlil natijasida futbolchilarga katta etiroz bildirilsa, shunda eng o'yin o'tkazilgan bo'ladi.

Futbol rivojlanmoqda, eski narsalar esdan chiqmasligi mumkin. Biroq avlodlar almashadi. Agarda ular bir-biri bilan do'st bo'lishsa, o'zbek futbolining rivoji uchun xizmat qiladi.

Sergey Arslanov ("Surxon" bosh murabbiyi)

Men bu erga ishlashga kelganman. Bosh murabbiy, yordamchi murabbiy yoki A, Pro-licenziyasi bor murabbiy sifatida emas, shunchaki bu erga kelishdan oldin rahbariyatga men ishlashni istayman deganman.

Zamonaviy futbolda raqibni tahlil qilmasdan maydonga chiqib bo'lmaydi. 

Odamlar bizni "qora tulpor"dek ko'rishgan va bir tomondan bu biz uchun yaxshi. SHunga yarasha o'ziga xos syurprizlar amalga oshira olamiz.

Hozirgi kunda barcha jamoalarning imkoniyatlari tenglashib qoldi. Musobaqa jadvalida pastki o'rinlardan joy olgan jamoalar qo'rqmay "lider"larga qarshi o'ynash olishmoqda, avvallari unday emas edi Jamoalarning moliyaviy holatlari ham juda har xil edi. Men kelajakda "Paxtakor"ni mag'lub eta olishimizga ishonaman.

Klubimiz birinchi navbatda yoshlarga etibor qaratadi. Keyin esa turli yoshlardagi terma jamoa vakillarini olib kelishga intilamiz. So'nggi variant - legioner.

Futbol jamoaviy sport turi. U soatga o'xshaydi. Soatning biror qismi bo'lmasa, u ishlamaydi.

Men hech qachon penaltini lotereya deb hisoblamaganman. Lotereyada yutuqning chiqishi sizga bog'liq bo'lmaydi. 

Hozirgi bolalar murabbiylari, umuman olganda o'zimiz ham bolalardan raqiblarini aldamasligini, pas o'ynashi kerakligini talab qilamiz. Ammo unday bo'lmasligi kerak. Aynan shunday yo'l orqali bizda ham ijrochilar rivojlanadi.

Aleksandr Xomyakov ("Andijon" bosh murabbiyi)

Bir hazil borku: bosh murabbiy o'yindan bir kun oldin futbolchilariga: 

- Ertaga mening tug'ilgan kunim, g'alaba bilan sovg'a qilsangiz bo'ldi, - Ie, janob murabbiy, biz sizga sovg'alar olib bo'lganmizku...

Qizishganda keraksiz gaplar aytgandan, sovuq kallaga hammasini ko'rib chiqish kerak.

Har bir jamoani kuchli va kuchsiz tomonlari bor. "Metallurg" yomon jamoa emas, ular hali ko'pchilikning "qonini ichadi".

SHaxmatni ko'pchilik o'ynashni biladi, biroq yaxshi o'ynay olishni hamma ham eplay olmaydi.

Ko'p hujum qilayotganimiz haqidagi gapingizni xushomad deb qabul qildim. Aslida, biz unchalik ham ko'p hujum qilmayapmiz.

Jamoamiz yigitlariga bugungi xarakterli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun maydonda shlyapani echsang arziydigan o'yin ko'rsatib berishdi.

Bugun futbol mabudi bizning tomonda bo'ldi. "Navbahor"ga jamoasiga qarshi o'ynash juda-juda qiyin bo'ldi, ammo avvalroq takidlab o'tganimdek bugun bizga yaratganing o'zi yordam berdi.

O'zimga qolsa mavsum uchun "4" baho qo'yardim.

Aleksandr Krestinin ("Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi)

Bizda asosiy, zaxira o'yinchilari yo'q. Bu narsani biz o'yindan oldin aniqlaymiz.

Men futbolchining pasportiga umuman qaramayman.

To'g'risini aytsam, men ko'proq mashg'ulotlarga ishonaman, transferlarga emas.

Tushunmadim, so'ragan futbolchilaringiz sizga pul to'lashadimi? O'tgan safar Mahamadjonov haqida so'ragandingiz. Biz siz bilan o'yinni tahlil qilib chiqmaymiz, lekin siz shu kabi so'zlar bilan yosh futbolchilarning faoliyatiga zarar etkazib qo'yishingiz mumkin. 

Biz yigirma birinchi asrda yashayapmiz. Axborot asri.

Siz Suhrob Sultonovning personal muxlisimisiz? U yaxshi holatda, yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda. Nima u xato qilmaydimi? U ham, Sarvar ham xato qiladi. Faqatgina mening rafiqam xato qilmasligi mumkin, chunki u futbol o'ynamaydi. Futbol - xatolarga boy o'yin.

O'zbekiston chempionati - yuqori darajadagi liga, bu erda oson o'yin yo'q. SHunchaki o'tirib olib tomosha qilinadigan o'yinlar bo'lmadi.

Timur Kapadze ("Olimpik" bosh murabbiyi)

Maydon ichidagi narsa maydon tashqarisiga chiqmasligi kerak. 

Yigitlar o'sishdi va ishochnliroq o'ynashmoqda. Bugun ishlar o'xshamagandir, ammo ularning katta bo'lishayotgani sezilmoqda. 

Barcha vaziyatlar gol bo'laversa, o'yin qiziq o'tmaydi.

O'yin amaliyotidan mahrum bo'lish futbolchi uchun katta jazo hisoblanadi.

Futbolchi o'zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman. Sababi, muhim o'yinda u provokaciyaga uchrab, maydondan chetlatilishi mumkin. 

Bu jamoa faqat menga kerak emas, bu mening loyiham emas. Nimaga tayyorgarlik ko'rayotganimizni hammamiz bilamiz. Rahbariyatga ham, hakamlarga ham bizga yordam emas, halollik kerakligini takidladim. Bizga ruhiy zarbalarning hech keragi yo'q, chunki biz mehnat qilyapmiz. Hakamlar ishimizga soya solishyapti. Menimcha, rahbariyat ham bu narsani ko'rib chiqishi kerak, chunki bu jamoa faqat mengagina kerak emas. Men jamoa bilan ishlashdan ko'ra hakamlar bilan bog'liq holatlarni deb ko'proq siqilyapman, ko'proq asabiylashyapman. Men yigitlarning qanday mehnat qilishayotganini ko'ryapman...

Vaqti keladi, hali "Buxoro" ham chempion bo'ladi, OCHLda O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Buning uchun yaxshi jamoa, murabbiy va rahbariyat kerak. Klubda ko'p narsalarni to'g'rilash kerak.

Vesko Steshevich ("Metallurg" bosh murabbiyi)

Men o'zimdan oldingi murabbiyning ishi haqida gapirmoqchi emasman.

Bugun hech narsa qila olmadik. Jamoamizning ko'plab vakillari o'z darajasida o'yin ko'rsata olmadi. Qo'pol qilib aytganda - sharmandalik.

O'yinni yomon boshladik. Bu narsa odat bo'lib qoldi.

Mana bir necha o'yindirki o'yinni yaxshi boshlayapmiz, ammo negadir kimdandir qo'rib, xatolarga yo'l qo'yyapmiz va bu xatolar gollarga olib kelyapti.

Futbolchilarni mahalliy va legioner futbolchilarga ajratishni xohlamayman, chunki bir jamoamiz.

Qachonki siz 4ta gol urar ekansiz, demak, g'alabaga munosib hisoblanasiz.

Ivan Boshkovich ("So'g'diyona" bosh murabbiyi)

Men raqibga qarab ish tutmayman, mag'lub bo'ldikmi, demak o'z vazifamizni yaxshi bajara olmadik. Futbolda gol urmasdan g'alaba qozonib bo'lmaydi.

Futbol o'zgarmoqda, talablar oshmoqda. So'nggi hujumchi ham hozir pressing qilishi, oyoqda, boshda yaxshi o'ynay olishi kerak. Oldinlari so'nggi hujumchi bemalol to'pni kutib turishi mumkin bo'lardi. Hozir esa so'nggi hujumchi nafaqat gol urishi, balki, himoyaga ham yordam berishi kerak.

O'yin haqida fikr bildirmoqchi emasman! SHunchaki kulmoqchiman.

Men har qanday raqibga qarshi g'alaba uchun o'ynaydigan murabbiyman.

Muxlislar hech qachon raqib tomonning fikriga qo'shilmaydi.

Nega VAR tizimi ishlamasligini o'yinga 10 soatgina qolganda malum qilishdi? Nega vaqtliroq emas? Bunga sabab texnik muammo deb o'qidim. U qanaqa texnik muammo bo'lishi mumkinki, o'yinga 10 soat qolganda malum bo'lsa? Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, uning rivoji uchun biroz harakat ham qilaylik.

Natijadan noroziman. Biz ikki ochko yo'qotdik. Raqib jamoa qanday gol urganini ko'rdingiz. Penalti – bu kulgili. "Paxtakor" shu tarzda chempion bo'lishni istayotgan bo'lsa, men ularni tabriklayman.

Jamshid Saidov ("Qizilqum" bosh murabbiyi)

Klubga kelib, birinchi navbatda jamoani birlashtirdim".

Mag'lubiyatda har kimdan ayb topish mumkin. Aniq faktor shu, jamoa yutqazsa, murabbiy yutqazgan hisoblanadi. Demak, bugun men yutqazdim.

Har bir ochko oltindek qimmatbaho hisoblanadi.

Mening taqdirim shunday - so'nggi o'rindagi jamoada ishlash. 

Pro-ligada ham yaxshi jamoalar bor. Menimcha, u erda qancha kam va sifatli jamoalar bo'lsa, shuncha yaxshiroq. Superligada 16 jamoa qilinsa, futbolchilar ham ko'proq bo'ladi va tanlov imkoniyati ham oshadi. Menimcha bu holat Pro-ligaga tasir qilmaydi.

Yorqin Nazarov ("Turon" bosh murabbiyi)

Vodiyda futbolni yaxshi ko'rishadi. Bunday ishqibozlar qarshisida to'p tepish yigitlarga kuch bag'ishlaydi.

SHogirdlarim bir-ikki o'yinda g'alaba qozongach, "Surxon"ni o'yindan avval mag'lub etdik, deb o'ylashdi. SHu bois, birinchi bo'limda ko'ngildagidek o'ynay olmadik. 

Murabbiylik postiga kelganimdan beri aytaman, qaysi jamoa bilan o'ynashimizning farqi yo'q. Barcha uchrashuvda g'alabani o'ylashimiz kerak. 

Darajamiz teng jamoalardan ochko olsak, Superligada jon saqlab qolishimiz mumkin. 

Tanaffusda kiyinish xonasiga kechroq yo'l olishni "Surxon"da ishlagan paytlarim ispan murabbiylaridan o'rgandim. CHunki yigitlarda ilk emociyalar yuzaga keladi. Dastlabki muhokama — ularning ishi. Biz ham 3-4 daqiqa ichida yordamchilar bilan futbolchilarning holati to'g'risida gaplashib olamiz. Ispanlardan bir nechta jihatlarni o'rgangandim, bu usul shulardan biri.

Qaysi jamoa bilan o'ynashimizdan qati nazar, faqat yutishimiz kerak. Qaysidir jamoadan qo'rqsak, Superligada qatnashishning nima keragi bor?!

Tahlil qilib chiqqanimdan so'ng shunga amin bo'ldimki, juda ko'p o'yinlarda hakamlarning xatolari sabab yutqazib qo'ygan ekanmiz. Deyarli har bir o'yinda yo biz tomon penalti belgilanadi, yo qizil kartochka olgan bo'lamiz.

"Turon"ga kelganimdan afsuslanmayman. Vaziyat og'irligini bilardim. Biroq menga va murabbiylar shtabiga bu erda ishlash katta tajriba bo'ldi. Biz yig'gan yoshlar oxirgi bellashuvlarda qo'rqmasdan o'ynashni boshladi. "Turon" faoliyatini davom ettiradi va Pro-ligada o'ynaydi. Hozir rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak. Barchasini vaqt ko'rsatadi.

Ulug'bek Bakaev ("Buxoro" bosh murabbiyi)

Futbolda hakam hushtagi chalingunga qadar o'ynash kerak.

Agarda muxlislar biroz sabr qilishsa, qo'llab-turishsa, stadionni to'ldirishsa, ularni xursand qilamiz. SHunchaki sabr, sabr va yana sabr kerak.

Men afsungar emasman. Barchasi o'yinchilarning mehnatsevarligiga bog'liq. 

Natija qoniqarli bo'lmasa, bajarilayotgan ishlar samarasiz bo'laveradi.

Kim o'yinga tushishga loyiq bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Futbolchining ruxiy, jismoniy holati yaxshi bo'lganlar o'ynaydi. Loyiq bo'lmaganlar esa yo'q. Bu oddiy arifmetika. 

Amalga oshirgan transferlarimizdan 80 foizga qoniqish hosil qildim. Boisi, o'yinimiz o'zgardi, agressiv futbol, vaziyatlar va gollar paydo bo'ldi.

Bizda hakamlarning qarorlarini muhokama qilish huquqi yo'q. 

O'yinga etti daqiqa qo'shib berildi, jamoalar esa penaltidan so'ng uch daqiqa o'ynashdi... Bu savol menga emas, hakamlarga berilishi kerak. Ular qanday qilib bunday qarorga kelishganini bilmayman. Penalti esa yo'q edi. Birinchidan, o'yinchi boshqa futbolchiga juda yaqin masofada edi. To'pga o'ynamoqchi bo'lgan futbolchining qaeriga to'p tekkani ham ko'rinmagan. To'pning qaerga tekkani xatto ko'rinmagandi. Kameralarda bu yo'q edi. Hakam esa penalti qo'ydi. Balki, ularda boshqa kamera bordir, ammo bizga ko'rsatilgan tasvirlarda penalti yo'q edi. SHunchaki, yigitlarga achinyapman. Ular 90 daqiqa harakat qilishdi va bitta epizod barchasini barbod qildi.

Gapirishdan foyda yo'q, o'yin translyaciya qilindi, odamlar barchasini ko'rdi. Biroq o'rtoq hakam shunday qaror chiqardi.

Keyingi mavsum bizga sabr kerak bo'ladi. Yana Superligaga qaytish uchun mehnat qilish kerak. Hayot esa davom etadi. Keyingi yil yana Superligaga qaytishni maqsad qilamiz.

Men jamoani Pro ligaga tayyorlayman va Superligaga olib chiqishga harakat qilaman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика