Coca Cola Superligasi. 14-turga oid qiziqarli faktlar
31 iyu 2023 22:36
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. 14-turga oid qiziqarli faktlar
"Buxoro" — "Turon" 2:3
- "Buxoro" chempionat doirasidagi ketma-ket 6-uchrashuvda mag'lubiyat alamini tatib ko'rdi. Vohaliklar oxirgi marta may oyida "Metallurg"ga qarshi bahsda ochko qo'lga kiritgandi;
- "Buxoro" chempionat doirasida so'nggi 13 o'yinning 12 tasida g'alaba qozona olmadi;
- Birinchi davrani "Buxoro" tarkibida o'tkazgan Fayzullo Jumanqo'ziev ikkinchi davraning ilk o'yinini "Turon" tarkibida sobiq jamoasiga qarshi o'tkazib, o'z hisobiga bitta gol va assist yozdirib qo'ydi.
- "Turon" joriy mavsum chempionat doirasidagi ilk g'alabasini tantana qildi. Yaypanliklar Superligadagi oxirgi g'alabasiga 2021 yilning noyabrida erishgandi.
- "Buxoro" joriy mavsum orttirib olgan uchta qizil kartochkasining ikkitasi "Turon"ga qarshi o'yinda sodir bo'ldi. 1-tur dorasidagi bahsda kechagi o'yin qahramonlaridan biri Fayzullo Jumanqo'ziev maydondan chetlatilgandi.
- "Turon" Superligadagi ishtiroki tarixida ilk marotaba raqib darvozasini uch marotaba ishg'ol qilishni uddaladi.
- Fayzullo Jumanqo'ziev sobiq jamoasiga qarshi bahsda 2 ochko (1+1) ishladi. Birinchi davrada u buxoroliklar safida birorta samarali harakat amalga oshirmagandi. SHuningdek, u oxirgi golini o'tgan yilning may oyida "Aral" darvozasiga urgandi.
- SHohmalik Komilov ham bir yil deganda Superliga doirasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Yarim himoyachi oxirgi marta o'tgan yilning iyunida "Dinamo" safida raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgandi. SHuningdek, u joriy mavsum kubok doirasida "Nasaf" azosi sifatida gol urishga muvaffaq bo'lgan.
- SHohro'z Norxonov 12 o'yinlik golsiz seriyaga yakun yasadi. Hujumchi oxirgi marta 1-turda "Navbahor" libosida gol urishni uddalagandi.
- Mahmud Jo'raboev va Asadbek Saidxonov Superligadagi debyut golini urdi.
- "Turon" "Buxoro"ga qarshi bahsda ushbu mavsum bir o'yin davomidagi eng ko'p zarba va aniq zarbasini yo'lladi (14 ga monand 8 zarba).
"Olimpik" — "Paxtakor" 0:2
- "Paxtakor" Superliga doirasida ilk marotaba "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchratdi.
- Jamoalarning chempionat doirasidagi o'zaro to'rtta uchrashuvida kamida ikkita to'p kiritildi;
- "Olimpik"ning chempionat doirasidagi g'alabasiz seriyasi 4 taga etdi.
- "Olimpik" chempionat doirasida o'z maydonidagi 7 o'yinning 6 tasida g'alaba qozona olmadi.
- "Olimpik" chempionat doirasida oxirgi 11 ta o'yinda 1 tadan ko'p gol urmagan.
- "Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi 11 ta o'yinning 10 tasida g'alaba qozondi;
- "Paxtakor" chempionat doirasida safardagi so'nggi 5 ta o'yinda g'alaba qozondi;
- "Paxtakor" chempionat doirasida ketma-ket 19 o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda, poytaxtliklar oxirgi marta o'tgan yilning oktyabrida "Nasaf" darvozasini ishg'ol qila olmagandi.
- "Paxtakor"ning chempionat doirasidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 11 ta o'yinga etdi.
- "Paxtakor" futbolchilariga har to'rt o'yin oralig'ida qizil kartochka ko'rsatilmoqda. Yodingizda bo'lsa, "sherlar" bundan avvalgi jazo kartochkasini 10-turda, undan ham avvalgisini esa 6-turda ishlab olgandi. Qiziq tomoni, poytaxtliklar mazkur uch o'yinning barchasida g'alaba qozondi.
- Diyor Xolmatov ikki yildan so'ng Superligada gol urdi. U chempionatdagi oxirgi golini 2021 yilning may oyida "Qo'qon-1912" darvozasiga urgandi.
- Dragan CHeran oxirgi 5 ta mavsum Superligada 10 ta va undan ko'p gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
- Dragan CHeran "Qizilqum" va "Buxoro" jamoalaridan ko'proq gol urdi.
- Joriy mavsum Ilgiz Tantashev boshqargan uch o'yinda ham "Olimpik" mag'lubiyatga uchradi.
"Andijon" — "Nasaf" 0:0
- Jamoalar o'rtasida chempionat doirasida so'nggi 7 o'yindan beri davom etib kelayotgan golli seriyaga barham berildi.
- "Andijon"ning chempionat doirasidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 5 ta o'yinga etdi;
- "Nasaf" esa chempionat doirasida so'nggi 12 o'yinning 11 tasida yutqazmadi.
- "Nasaf" joriy mavsum chempionat doirasida safardagi barcha o'yinlarda gol urib kelayotgandi, ushbu seriya buzildi.
- Jambul Jigauri Superligadagi debyut uchrashuvida maydondan chetlatildi.
- "Nasaf" futbolchilariga ham har to'rt o'yinda qizil kartochka ko'rsatilmoqda. Bundan avvalgi jazo chorasi 10-turda qo'llanilgan bo'lsa, undan ham avvalgisi 6-turda (qarshiliklarning ikki nafar futbolchisi chetlatilgan) qayd etilgandi.
- "Nasaf" tarixda ilk marotaba bir mavsum davomida "Andijon" darvozasiga birorta gol urolmadi.
"Neftchi" — "Metallurg" 1:0
- "Neftchi" chempionat doirasida 16 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramayapti, farg'onaliklar so'nggi marta o'tgan yilning noyabrida OKMKga imkoniyatni boy berib qo'ygan.
- "Metallurg" chempionat doirasida so'nggi 8 o'yinda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi.
- Abbos G'ulomov ikki yildan keyin yana Superligada gol urdi. U oxirgi marotaba 2021 yil "Navbahor" tarkibida "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qilgandi.
- Umar Adhamzoda uchinchi goli uzatmasini hisobiga yozdirib qo'ydi. O'tgan yili u butun mavsum davomida shuncha assist qayd etgandi.
"Neftchi" bir o'yin davomidagi eng ko'p zarbani mazkur o'yinda qayd etdi — 15 ta.
OKMK — "Surxon" 2:3
- CHempionat doirasida o'zaro barcha qarama-qarshilikda muxlislar gol ko'rmoqda.
- OKMK chempionat doirasida o'z maydonida "Surxon"ga qarshi barcha o'yinda g'alaba qozonayotgandi, kecha ushbu anana buzildi.
- "Surxon"ning OKMKga qarshi 7 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasiga ham chek qo'yildi.
- OKMK chempionat doirasida o'z maydonidagi barcha o'yinda gol urmoqda, kecha ham bu seriya davom etdi;
- "Surxon" joriy mavsum chempionat doirasida safardagi o'yinlarda ilk g'alabasini tantana qildi;
- "Surxon" chempionat doirasida safardagi oxirgi 3 ta o'yinda gol urmagandi, ushbu seriyaga ham barham berildi.
- Silvanus Nimeli birinchi davrada ham OKMK darvozasiga to'p kiritishni uddalagandi.
"Bunyodkor" — "So'g'diyona" 0:2
- "Bunyodkor" chempionat doirasida ketma-ket 9-o'yinda g'alaba qozona olmadi.
- "Bunyodkor" chempionat doirasida so'nggi 6 o'yinning 5 tasida yutqazdi.
- "Bunyodkor" chempionat doirasida joriy mavsum o'z maydonida g'alaba qozona olmayapti.
"Qizilqum" — "Navbahor" 1:2
- "Qizilqum" chempionat doirasida ketma-ket 8-marta "Navbahor"ni mag'lub eta olmadi.
- "Qizilqum" chempionat doirasida o'z maydonidagi so'nggi 5 ta o'yinda "Navbahor"ni enga olmadi.
- "Qizilqum" so'nggi 12 o'yinning 1 tasida g'alaba qozondi.
- "Navbahor"ning chempionat doirasidagi mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 9 taga etdi.
- Jamshid Boltaboev birinchi davrada ham "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilgandi.
- Islom Kenjaboev o'tgan mavsum Superligada qayd etgan gollari sonini (3 ta) ikkinchi davraning boshidayoq takrorladi.
- Jasur Yaxshiboev kechagi o'yinda jamoasi zarariga penalti ishlanishiga sababchi bo'ldi, raqib darvozasini penaltidan ishg'ol qila olmadi, keyinchalik o'yindan va o'yindan tashqari holatda gol urdi.
- Joriy mavsum "Navbahor" darvozasi tomon ilk marotaba penalti belgilandi.
Fikrlar