Coca Cola Superligasi. 14-tur prevyusi
26 iyu 2023 15:05
Yangiliklar
Coca Cola Superligasi. 14-tur prevyusi
27 iyul, payshanba
BUXORO – TURON
Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin, Jahongir Noraliev
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR: Zilola Rahmatova
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Diyor Xotamqulov
Turnir jadvalidagi o'rni: 13-14
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 1
Mezbonlar g'alabasi: 1
Mehmonlar g'alabasi: 0
Durang: 0
To'plar nisbati: 2-1
Qiziqarli faktlar
"Buxoro" chempionat doirasida ketma-ket 5 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayapti;
"Buxoro" chempionat doirasida so'nggi 5 ta o'yinning 4 tasida raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi;
"Buxoro" chempionat doirasida so'nggi 12 o'yinning 11 tasida g'alaba qozona olmagan;
"Turon" safardagi 6 o'yinning 4 tasida raqib darvozasini ishg'ol qilgan;
Fayzullo Jumanqo'ziev birinchi davrani "Buxoro" safida o'tkazdi, ikkinchi davrani esa "Turon" safida sobiq jamoasiga qarshi boshlaydi;
"Turon" joriy mavsum chempionat doirasida g'alaba qozonmagan;
Jamoalar shu yil O'zbekiston kubogida ham to'qnash keldi, unda 1:1 hisobi qayd etildi.

28 iyul, juma
OLIMPIK – PAXTAKOR
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov, Ilya Ilin
VAR hakami: Aziz Asimov
AVAR: Amir Galeev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Turnir jadvalidagi o'rni: 9-2
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 3
Mezbonlar g'alabasi: 1
Mehmonlar g'alabasi: 2
Durang: 0
To'plar nisbati: 5-4
Qiziqarli faktlar
CHempionat doirasida "Paxtakor" "Olimpik"ni mag'lub eta olmagan;
CHempionat doirasidagi o'zaro o'yinlarda kamida ikkita to'p kiritilgan;
"Olimpik" chempionat doirasida 3 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti;
"Olimpik" chempionat doirasida o'z maydonidagi 6 o'yinning 5 tasida g'alaba qozona olmagan;
"Olimpik" chempionat doirasida oxirgi 10 ta o'yinda 1 tadan ko'p gol urmagan;
"Paxtakor" chempionat doirasida so'nggi 10 ta o'yinning 9 tasida g'alaba qozongan;
"Paxtakor" chempionat doirasida safardagi so'nggi 4 ta o'yinda g'alaba qozongan;
"Paxtakor" chempionat doirasida ketma-ket 18 o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda;
"Paxtakor" chempionat doirasida 10 ta o'yindan beri yutqazmayapti;
Ilgiz Tantashev birinchi davrada "Olimpik" ishtirokidagi ikki, "Paxtakor" qatnashgan bir o'yinni boshqargan. Qizig'i, mazkur bahslarda ikkala jamoa ham g'alaba qozona olmagan.

ANDIJON – NASAF
Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Olim To'ychiboev
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR: SHohrux Azamov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Bekzod Aripov
Turnir jadvalidagi o'rni: 7-4
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 43
Mezbonlar g'alabasi: 7
Mehmonlar g'alabasi: 27
Durang: 9
To'plar nisbati: 50-95
Qiziqarli faktlar
Jamoalar o'rtasida chempionat doirasida so'nggi 7 o'yindan beri tomoshabinlar gol ko'rmoqda;
"Andijon" chempionat doirasida so'nggi 4 o'yindan beri yutqazmayapti;
"Nasaf" chempionat doirasida so'nggi 11 o'yinning 10 tasida yutqazmagan;
"Nasaf" joriy mavsum chempionat doirasida safardagi barcha o'yinlarda gol urmoqda.

29 iyul, shanba
NEFTCHI – METALLURG
Hakamlar: Rustam CHoriev, Sardor Hakimov, SHohrux Maqsudov, Isroil Imomnazarov
VAR hakami: Rustam Lutfullin
AVAR: Akmal Rahimov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Qudrat Madraimov
Turnir jadvalidagi o'rni: 3-11
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 45
Mezbonlar g'alabasi: 25
Mehmonlar g'alabasi: 11
Durang: 9
To'plar nisbati: 78-41
Qiziqarli faktlar
Jamoalar joriy yil O'zbekiston kubogida ham to'qnash keldi, unda bekobodliklar zafar quchdi;
"Neftchi" chempionat doirasida 15 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramagan;"
Neftchi" chempionat doirasida oxirgi 10 ta o'yinning 7 tasida durang o'ynagan;
"Metallurg" chempionat doirasida so'nggi 3 o'yinda yutqazmagan;
"Metallurg" chempionat doirasida so'nggi 7 o'yindan beri o'z darvozasidan to'p o'tkazmoqda;
"Metallurg" chempionat doirasida safardagi 6 o'yinning atigi 1 tasida g'alaba qozongan;
Bosh hakam Rustam CHoriev mazkur jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida zaxira hakami sifatida ishlagan.

OKMK – SURXON
Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Abdurashid Xudoyberganov
VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Zoxirjon Akramxonov
Turnir jadvalidagi o'rni: 5-6
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 9
Mezbonlar g'alabasi: 8
Mehmonlar g'alabasi: 1
Durang: 0
To'plar nisbati: 13-4
Qiziqarli faktlar
CHempionat doirasida o'zaro barcha qarama-qarshilikda muxlislar gol ko'rishgan;
OKMK chempionat doirasida o'z maydonida "Surxon"ga qarshi barcha o'yinda g'alaba qozongan;
OKMK chempionat doirasida ketma-ket 7 o'yindan beri "Surxon"ni mag'lub etmoqda;
OKMK chempionat doirasida o'z maydonida ketma-ket 3 o'yindan beri g'alaba qozonmoqda;
OKMK chempionat doirasida o'z maydonidagi barcha o'yinda gol urgan;
"Surxon" chempionat doirasida safardagi o'yinlarda g'alaba qozonmagan;
"Surxon" chempionat doirasida safardagi oxirgi 3 ta o'yinda gol urmagan.

30 iyul, yakshanba
BUNYODKOR – SO'G'DIYONA
Hakamlar: Husan Muzaffarov, SHohnur Yo'ldoshev, SHohrux Azamov, Doston Mirzaraimov
VAR hakami: Aziz Asimov
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: SHerzod Rajabov
Turnir jadvalidagi o'rni: 8-10
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 27
Mezbonlar g'alabasi: 17
Mehmonlar g'alabasi: 3
Durang: 7
To'plar nisbati: 52-17
Qiziqarli faktlar
"Bunyodkor" chempionat doirasida o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi so'nggi 5 ta o'yinning atigi 1 tasida g'alaba qozongan;
"Bunyodkor" chempionat doirasida 8 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti;
"Bunyodkor" chempionat doirasida so'nggi 5 o'yinning 4 tasida yutqazgan;
"Bunyodkor" chempionat doirasida joriy mavsum o'z maydonida g'alaba qozona olmagan;
"Bunyodkor"ning 6 nafar futbolchisi ikkinchi davrani "So'g'diyona" safida sobiq jamoasiga qarshi boshlaydi;
"So'g'diyona" chempionat doirasida oxirgi 3 ta o'yinda yutqazgan;
"So'g'diyona" birinchi davrada Toshkent (shahar, viloyat) jamoalarini mag'lub eta olmadi.

QIZILQUM – NAVBAHOR
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Farruh Yansupov
VAR hakami: Nayim Qosimov
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Diyor Xotamqulov
Turnir jadvalidagi o'rni: 12-1
CHempionat doirasidagi o'yinlar: 47
Mezbonlar g'alabasi: 14
Mehmonlar g'alabasi: 20
Durang: 13
To'plar nisbati: 47-62
Qiziqarli faktlar
"Qizilqum" chempionat doirasida 7 ta o'yindan beri "Navbahor"ni mag'lub eta olmayapti;
"Qizilqum" chempionat doirasida o'z maydonidagi so'nggi 4 ta o'yinda "Navbahor"ni enga olmagan;
"Qizilqum" so'nggi 11 o'yinning 1 tasida g'alaba qozongan;
"Qizilqum" birinchi davrada vodiydagi 4 ta klubning birortasini mag'lub eta olmagan;
"Navbahor" chempionat doirasida 8 o'yindan beri mag'lubitga uchramayapti;
"Navbahor" chempionat doirasida safardagi 6 o'yinning atigi 2 tasida g'alaba qozongan;
Rahimbek Karimov birinchi davrada ikkala jamoaning bittadan o'yinini boshqargan bo'lib, unda namanganliklar zafar quchgan, navoiyliklar esa mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar