So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Coca Cola Superliga. "Surxon" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Metallurg"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Surxon" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Metallurg"ni mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgSurxon
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin.



SURXON – METALLURG - 1:0
11 mart 2021 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Elyor Tursunov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Oybek Yunusov

Gol: Jasurbek Yoqubov 90+1, - 1:0.

"Surxon": 13. Akrom Xo'jaev, 5. Jasurbek Yoqubov, 6. Alisher Salimov, 7. Islom Toshpo'latov (9.Nizomjon Norov, 87), 10. Murod Bobojonov (14.Jasur Xolto'raev, 75), 11. Zohir Pirimov, 15. Vladimir Bubanya, 19. Nuriddin Hasanov (21.Javohir Esonqulov, 73), 20. Husniddin G'ofurov, 66. Behruz SHaydulov, 77. Asror G'ofurov.
Zaxira: 12.Rustam Nartadjiev, 3.Kamoliddin Ashurov, 8.Jahongir Ahmadov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev.

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 7. Doniyor Narzullaev (14.Abrorbek Toshqo'ziev, 78), 8. Salamat Quttiboev, 10. SHahzodbek Nurmatov (9.Mahmudjon Qudratillaev, 69), 21. Kamoliddin Tojiev, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 34. Evgeniy Makeev, 55. Akbar Ismatullaev, 88. Evgeniy CHumak (90.Muhsin Bozorov, 53), 98. Damir Temirov.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 43.Davron Anvarov.

Ogohlantirishlar: Evgeniy CHumak 35, Kamoliddin Tojiev 38,


YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Surxon" - "Metallurg" 1:0

90+3. "Metallurg" gol urdi, ammo hakam qoida buzilganini ko'rsatdi

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Jasurbek Yoqubov burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi. 




90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi.

88. "Surxon" so'nggi daqiqalarda tashabbusga ega bo'lmoqda va hujumkorlikni oshirmoqda

87. O'zgarish. "Surxon". Toshpo'latov o'rniga Nizomjon Norov tushdi

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Burchak to'pidan so'ng Husniddin G'ofurov boshi bilan zarba berdi, Jasur Xolto'raev gol urdi, biroq qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi va gol inobatga olinmadi.




78. O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Narzullaev o'rniga maydonga Abrorbek Toshqo'ziev tushdi.

75. O'zgarish. "Surxon". Murod Bobojonov o'rniga Jasur Xolto'raev maydonga tushdi.

73. O'zgarish. "Surxon". Nuriddin Hasanov o'rniga Javohir Esonqulov tushdi

71. Zarbaaa! "Surxon"ning xavfli hujumi, zarba darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi

69. O'zgarish. "Metallurg". SHahzodbek Nurmatov o'rniga maydonga Mahmud Qudratillaev tushdi.

65. Jamoalar xuddi 0:0 hisobi uchun o'ynashayotgandek taassurot qoldirmoqda.

56. "Metallurg"dan hujum, chap qanotdan havolatib uzatilgan to'pga Ixtiyor Toshpo'latov bosh bilan zarba berishga urindi, noaniq!

53. O'zgarish. "Metallurg". CHumak o'rniga Muhsin Bozorov tushdi

52. UXXXXX! Evgeniy CHumak maydon markazida jiddiy jarohat oldi. Unga shifokorlar yordam berishdi.

47. "Surxon" burchak zarbasini amalga oshirdi. Bu o'yin davomidagi birinchisi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Juda zerikarli tarzda kechayotgan taym tugab bormoqda

39. ZARBAAAAAA! Islom Toshpo'latovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini Lobanov to'pni qaytardi!

38. "Surxon" xavfli jarima to'piga ega bo'ldi

38. Ogohlantirish. "Metallurg". Kamoliddin Tojiev

35. Ogohlantirish. "Metallurg". Evgeniy CHumak

28. UXXXXX! Murodbek Bobojonov birga bir vaztiyatga chiqib borib Lobanov bilan to'qnashib ketdi, hakam to'pga o'ynadi deb hisobladi va penalti belgilamadi 




26. Maydonda taktik kurash kechmoqda, jamoalar yopiq o'yin namoyish etishmoqda. Hech kim gol o'tkazishni istamayapti

20. UXXX! "Surxon"ning hujumi, Lobanov jarima maydonini tark etib to'pni qaytardi

14. Stanislav Andreev to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Ammo yakunlaydigan o'yinchi yo'q...

3. Kutilganidek, dastlabki daqiqalarda mezbonlar hujumkorlikka zo'r berishayapti.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 16:15da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика