Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" darvozaboni va "Metallurg" legioneri "xavf ostida"
17 iyu 2020 20:48
Yangiliklar


Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" darvozaboni va "Metallurg" legioneri "xavf ostida"
19-21 iyun kunlari Coca Cola Superligada 5-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ortda qolgan 4ta turda ikki nafar futbolchi 3tadan sariq kartochka olgan va ular uchun navbatdagi ogohlantirish diskvalifikaciyaga aylanadi.
"So'g'diyona" posboni Milan Mitrovich 4ta o'yinda 3 bor ogohlantirildi. Jizzax klubi 5-turni Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.
"Metallurg" yarim himoyachisi Evgeniy CHumak ham 4ta turda uchta sariq kartochka olishga ulgurdi. "Metallurg" keyingi turni Andijonda o'tkazadi.
Malumot uchun, 5-turda "Surxon" yarim himoyachisi SHavkat Salomov va "So'g'diyona" himoyachisi SHavkat Mullajonov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmaydi. 3-turda qizil kartochka olgan bu futbolchilar 4-turni ham o'tkazib yuborishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar